www.scientificprogress.uz
Page 212
hukmronidur... yuborgan elchisi kelib... kelturgan ixlosnomasin nazari kimyo asar
mutolaasi sharafiga musharraf qildi
10
. Hamul yil shavvol oyining 11 ida
chahorshanba kuni ba’zi masolixi mulkiya jihatidin... Shukrilla og’a bila... Qilichjon
boyni elchi qilib urus mamlakatining podshohiga irsol qildi
11
.
Hamul yil 1263(1846-1847) ramazon oyining 8 ida panj-shanba kuni Shukrilla
og’a va Qilichjon boy uruslin kelib, urus podshohi bila qilgon muloqoti va munozara
va munoqashalarin masomii aloga yetkurdilar
12
.
Ogahiy o’z asarida diplomatik munosabatlar haqida gapirar ekan, quyidagilarni
keltiradi: Hamul yil 1264 (1847 - 1848) ... Olloberdi sofikim Buxoro elchiligiga
borib erdi, Amir Nasrullaning qoshgon elchisi Zakariyo Xoja avroq bila yuborgan
muhabbatnomasin jumodiy-al-avval oyining 9 ida panj-shanba kuni nazari anvor
mutolaasiga yetkurdi. Ul hazrat (Muhammad Aminxon - Q. M.) mazkur oyning 20 sida
dushanba kuni Qutbiddin Xoja shayx-ul-islomni va Shukrillo okoni shohona tuhfa va
mulukona hadyalar bila xalifai Rum elchiligiga irsol qildi... Yusufbek Hoqand
elchiligiga marsul bolib erdi, Jumodiy as-soniy oyining 3 inchi kuni Hoqand
podshohining masxub qilgon elchisi Xolmurodbiy bila kelib, yuborgan
muhabbatnomasin va tansuqot va tuhofotin nazari kimyo asar peshgohiga yetkurdi
13
.
1264/1847 1848 yili shabon oyining 18 ida dushanba kuni... Xojash mahram
va Otaniyoz mahramni elchi qilib urus viloyatiga irsol etdilar
14
. Xojash mahram va
Otaniyoz mahramkim ba'zi umuri mulkiya jihatidin elchilik yosunida urus viloyatiga
bormish erdilar, andoqkim sobiqan guzorish topdi, 1266 (1849-1850) shavvol oyining
15 ida panjshanba kuni urus podshohining yuborgan maktub va tuhfalarin kelturub,
nazari a'lo peshgohiga yetkurdilar
15
.
1275/1858 1859 yil safar oyining 2 sida Buxoro podshohi Amir Nasrullaning
Boba inoqg’a qo’shib yuborgan Mirzo Ubayd miroxur nomli elchisi Xorazmga yetib
keldilar. Mohi mazkurning 4 ida yakshanba kuni urus elchisi Nikolay Anichkovgakim
Buxoroga borib, andin otib yurtiga ketmak iltimos qilib erdi, hazrat (Sayid
Muhammadxon - Q.M.) iltimosin qabul etib, podshosi uchun sovgot va maktub
topshirib, Buxoro jonibiga uzatdi
16
.
Ogahiyning yuqoridagi asarlarida keltirilganidek, Shohid ul-iqbol nomli
asarida ham diplomatik munosabatlar bo’yicha ancha ma'lumot keltiradi. Qaysi
mamlakatdan yoki xonlikdan kimning elchi bo’lib kelganligi va ismi va qancha vaqt
Xivada turganligini keltirib otgan.
10
Огаҳий. Жомиъ ул-воқеоти султоний. Мазкур қўлёзма фонди. Инв. № 9786, 316- варақ.
11
Шу асар. Инв. № 9786. 45 б - 46а - варақлар.
12
Шу асар. Инв. № 9786. 71 б- варақ.
13
Шу асар. Инв. № 9786, 114 б- варақ.
14
Шу асар. Инв. № 978 б, 134 а-б - варақ.
15
Шу асар. Инв. № 9786.162 б - варақ.
16
Шу асар. Инв. № 7572. 159 б- варақ.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
Dostları ilə paylaş: |