unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim ekanimni bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida ham tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi. Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842-yillarda Angliya hukumati mayyor Konollini Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchchala Xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo’shinlariga qarshi kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari bo’lmagani sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. Bularni qutqarish uchun Angliya tomonidan Turkiya homiyligida mayyor Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning 1843-1845-yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi, zindondagilar qatl etiladi, Volfning o’zi zo’rg’a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843-yilda Xivaga kelgan kapitan Ebbot ham Angliya manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum. Inglizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit berardi. Shu boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni ishlab chiqib, Afg’oniston amirini bo’ysundirish, Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda harbiy kuchlarni joylashtirishni rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va 1878-1880-yillarda Afg’onistonga ikki marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni bo’ysundira olmadi. Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish, bozorlarda ingliz tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r berdi. Bu borada ular hind va fors savdogarlaridan keng foydalandi. Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi podsho Rossiyasini tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Xonliklarning shimoliy-g’arbiy hududida Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy katta qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834-yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo-Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845-yilda Orenburg va Yoyiq, 1847-yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Orol) harbiy istehkomlari qurildi. Perovskiy qo’shinlari 1853-yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga molik bo’lgan Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u yerda mustahkam o’rnashadi. Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonida esa G’arbiy Sibir general-gubernatori G.Gosford hujumga tayyorlanish uchun 1847-yilda Yettisuvdagi Ulug’tov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 1848-yilda Qorabuloq qal’asini, 1854-yilda Olmati ovuli yonida Verniy istehkomini qurib, harbiy 20 kuchlarni joylashtiradi. Turkistonning Rosssiya tomonidan bosib olinishi.
1860-yilda Qo’qon xonligi hududiga qarashli harbiy istehkomlarga hujum qilib, To’qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarni birin-ketin bosib ola boshladi. Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiyaning O’rta Osiyoga e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi. Turkistonni bosib olish
20Sodiqov H, Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. I kitob. Toshkent., «Sharq», 2011. 89-бет.