(naturalist) larorasidagi bunday fikrlarni qo’llab quvvatladi. Xorazm vohasida keyingi tadqiqotlar amalga oshirilgach, ko’plab hulosalar o’z tasdig’ini topmoqda N.V. Xannikov olib borgan sharqshunoslik ishlari diqqat e’tibordan chetda qolmagan. P.ILerx ham tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Ko’plab tarixiy geografik savollarga ushbu sharqshunoslarning asarlari maqola to’plamlari orqali javob olishimiz mumkin. V.V.Bartold ushbu tahliliy ish bilan chegaralanib qolmasdan arxeologik qazuv ishlarini ham kuzatib borgan. Samarqanddagi Afrosiyob shahri o’rnida qazuv ishlari o’tkazilganligi unga misol bo’la oladi. 1904- yil V.V.Bartold uchinchi bor O’rta Osiyoga keldi. Afrosiyob shahri o’rni batafsil o’rganib chiqilgan. Samarqandga kelishidan avval V.V.Bartold Toshkentda 1904- yil 16-mart kuni kelgusi tadqiqotlar xususida ko’plab fikrlarni bildirib o’tgan. Samarqanddagi suv tizimi haqida V.V.Bartold maxsus maqola chop etgan qazuv ishlarida arxeolog o’lkashunos V.L Vyatkin ham ishtirok etgan. X asr arab geograflarining Afrasiyob Samarqand haqida bergan ma’lumotlarini tadqiqot bilan bog’lashga harakat qilgan. V.V.Bartoldning tasdiqlashicha Afrosiyob shahar o’rni Samarqand shahristoni o’rnida joylashgan. Mo’g’ ullar davriga qadar Afrosiyobning maydoni qancha joyni egallaganligi, binolarning joylashuvi masalalarning aniqlash muhim edi. V.V.Bartold muzey ishlarida ham faol ishttirok etib keldi. Arxeologik qidiruv ishlari natijasida O’rta Osiyoda muzey sohasi tashkil topib bordi. Rus sharqshunos olimlari O’rta Osiyoda takomillashib borishiga qiziqish bildirganlar. A.Yu.Yakubovskiy ham arxeologiya sohasida ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritgan. V.V.Bartold Amir Temurning dafn qilinishi bilan bog’liq «Samarqand masjidi» nomli albomini chiqardi. Amir Temurning dafn qilinishi bilan bog’liq yozma manbalarini to’plagan musulmon ruhoniylar va Amir Temur o’rtasidagi munosabatlarga alohida qiziqish bildirgan. Mozor, supa, dahma, madrasa, honaqo kabi atamalarni tahlil qilgan, tarixiy etnografik ma’lumotlar yig’ilgan. Mug’ ullar qipchoqlardagi dafn marosimi, dafn qilish usullarini solishtirib ko’rgan. Toshkentda sharqshunoslik institutini ochish masalasini hal bo’lishida V.V.Bartold faol ishtirok etgan.46 V.A. Krachkovskiy ham o’z ko’rsatmalarini berib o’tgan. O’sh shahridagi «Sulaymon masjidi» ham N.I.Veselovskiy tomonidan o’rganib chiqilgan. Arab yozuvlari yaxshi saqlanib qolgan edi. 1895-1896-yillar va 1898-1899-yillardagi tarixiy arxeologik ekspedisiyasida N.I.Veselovskiy Go’ri Amirdagi yozuvlarni tadbiq qilib chiqdi. Go’ri Amir maqbarasining qurilishi, maqbaradagi ichki va tashqi yozuvlar, ustalarning ishlari, uning o’ziga hos san’atini tahlil qilgan. N.I.Vaselovskiyning ushbu ishni butunlay tugatmaganligini V.A.Krachkovskiy yozib qoldirgan. 1895-yil N.I.Veselovskiy Ho’ja Ahror maqbarasini o’rganib, o’z maqolasini chiqargan. Bu maqbara Samarqanddagi Qarshi yo’liga chiqish yaqinida joylashgan uning ta’kidlashicha Xoja Nasr ad-Din Ubaydulla (Xoja Ahror) ko’zga ko’ringan yirik islom vakillaridan biri bo’lganligi shubxasiz ekanligini tasdiqlab o’tgan. N.I.Veselovskiy ushbu allomaning qisqacha biografiyasi katta marmartoshlardan qurilganligini, keyingi qurilgan madrasalarga yaqin ekanligini
46Лунин Б.В. Жизнь и деятельность академика В.В.Бартольдда Средняя Азия в отечественном востоковедении. «Фан», Т., 1981. Стр. 80-83.