13-Mavzu: Aktiv,passiv schyotlar va ularning o’ziga hos hususiyatlari.
Amaliy mashg’ulot № 7.
38
Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Masalalar to’plami S.A Jumanazarov, D.A Muhammedova T-2018 yil 46-47-bet.
39
14-Mavzu: Buxgalteriya hisobi schyotlari va ikki yoqlama yozuv.
Reja:
Ikkiyoqlama yozuv.
Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi.
1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning “Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida” (lot. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida “bermoq” va “ega bo‘lmoq” schyotlarda aks ettirish va “bermoq” va “ega bo‘lmoq” schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deb, ma’lum bir xo‘jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.
Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si ma’lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat beradi.
Moliyaviy hisobda provodka berilishi.16
1. Tijoratchi biroz miqdor naqd pulda o‘zining chakana savdo biznesiga sarmoya qildi. Standart ikkiyoqlama yozuv ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Debit : naqd pul hisobi. Kredit: capital hisobi.
Maqsad: ikkiyoqlama yozuv qoidasiga binoan naqd pul hisobida naqd pul tijoratchi tomonidan berilgan naqd pul qabul qilingan. Buning ma’nosi capital hisobi beriladigan hisob va naqd pul hisobi qabul qilinadigan hisob.
2. biznes tashkiloti naqd pulga offisda foydalanish uchun mebel sotib oladi. Haqiqiy ikkiyoqlama yozuv tizimida quyidagicha bo‘ladi:
Debit : mebel hisobi. Kredit: naqd pul hisobi.
Maqsad: bu operatsiyada mebel hisobida mebel qabul qiluvchiva naqd pul hisobida mebel uchun to‘langan pul aks etadi.
3. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini sotib oldi . ikkiyoqlama yozuvda quyidagicha aks etadi:
40
Debit : Sotib olish hisobi. Kredit: Naqd pul hisobi.
Maqsad: bu operatsiyada tovarni sotib olish hisobida aks etadi va naqd pul hisobida tovar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul aks etadi. Har bir biznesda, biznes faoliyatida asosiy mahsulot yoki Tovar sotib olingan vaqtda “ sotib olish” hisobidan foydalaniladi.
4. Biznes tashkilotimol yetkazib beruvchidan kreditga chakana savdo tovari sotib oldi. (mol yetkazib beruvchi kreditor sifatida boshqa biznes tashkilotlariga tovar va mahsulotlarini qarzga beradi) Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi:
Debit : sotib olish hisobi. Kredit: Kreditor hisobi.
Maqsad: bu operatsiyada sotib olish hisobida Tovar qabul qilindi, biroq mol yetkazib beruvchi sotilgan Tovar uchun hali pul olmadi kredit hisobi kreditlanadi. Kredit hisobi to‘lab berish hisobi shaklida.
5. biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotdi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi:
Debit: naqd pul hisobi. Kredit: sotish hisobi.
Maqsad: naqd pul hisobida sotilgan Tovar uchun pul qabul qilinadi. Sotish hisobi xaridorga Tovar yetkazib berishni aks ettiradi.
6. Biznes tashkiloti chakan savdo tovarini xaridorga sotadi, ammo xaridor hali pulni to‘lamadi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi:
Debit: debitorlik hisobi. Kredit: Sotish hisobi.
Maqsad: Yetkazib berilgan mahsulot yoki xizmat ko‘rsatgan biznes uchun pul mablag‘ini qarz bergan shaxs debitor deb aytiladi. Debitorlik hisobining boshqacha nomlanishi olinadigan hisob varaqlar deyiladi. Bu vaziyatda debitor mahsulot qabul qilyapti; shuning uchun uning hisob raqami debitlanayapti. Sotish hisobi kreditlanadi, mahsulotni xaridorga yetkazib berishni ko‘rsatadi.
Buxgalteriya hisobi A.A.Karimov, J.Y.Kurbonboyev 1-qism T-2020 yil 59-63-betlar.
41
Dostları ilə paylaş: |