Hisobvaraqning ko’rinishi chizma tarzida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet hisobvaraqning nomi Kredit
Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo’jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jixatdan o’zgarib boradigan xuj.alik mablag’lari haqida xar doimo ma’lumotga ega bo’lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo’jalik mablag’lari va ularni tashkil topish manbalarni hisobda guruhlashtirib borish va tezkor nazorat o’rnatishi kerak bo’ladi. Buning uchun esa buxgalteriya hisobi elementlaridan biri schetlar tizimidan foydalaniladi. Demak schetlar tizimi xo’jalik mablag’larni tashkil topish manbalarini, xo’jalik jarayoni natijasida ularni tarkibiy, miqdoriy va xarakat jixatidan o’zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Korxona faoliyati yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini qo’rganib, ularni xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to’liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schetlar rejasi ishlab chiqilgandir. Shuni nazarda tutmoq kerakki, buxgalteriya hisobi milliy standarti ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi zaruriy xol bo’lganidek, schetlar yangi rejasini ishlab chiqish ham zarur bo’lib qoldi va bu schetlar yangi rejasi kelgusida korxonalar moliya xo’jalik
34
faoliyatining buxgalteriya hisobida qo’llanilishi nazarda tutilmoqda.
Schetlar rejasi 4 qism va 9 bo’limdan iborat. Schetlar rejasining qismlari quyidagilardir:
1-qism. Uzoq muddatli aktivlar.
2-qism. Joriy aktivlar.
3-qism. Majburiyatlar.
4-qism. Хususiy kapital (mulk).
5- qism. Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi.
6- qism. Balansdan tashkari schetlar.
Schetlar rejasidagi bo’limlar quyidagicha nomlangan:
1-bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar.
2-bo’lim. Тovar-moddiy zahiralari.
3-bo’lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning joriy qismi.
4-bo’lim. Olinadigan schetlar.
5-bo’lim. Pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar.
6-bo’lim. Joriy majburiyatlar.
7-bo’lim. Uzoq muddatldi majburiyatlar
8-bo’lim. Kapital (mulk), foyda va zahiralar
9-bo’lim. Daromad va sarflar
Schetlar rejasini bilish nafaqat buxgalterlar, balki auditorlar, soliqchilar qisman tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta’sischilar) uchun ham kerakdir.
Esda tuting:
Buxgalteriya ucheti schyotlarini ko’rinishi quyidagicha. D-T Schyotning nomi K-T
Buxgalteriya hisobining har bir schyoti quyidagi maolumotlarni o’zida aks ettiradi:
Schyotning nomi;
Debet yozuv;
Kredit yozuv;
Oy boshiga qoldiq;
Oy davomidagi oborotlar;
Oy oxiriga qoldiq;
Respublikamizda buxgalteriya hisobini isloh qilishning yo’nalishlaridan biri bu – yangi schyotlar rejasini ishlab chiqishdir.
Bu sohada Moliya vazirligida ishchi guruh tuzilib, yangi «Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi» ishlab chiqildi. Bu BHMS- 21chisi bo’lib «Korxonalar moliya - xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi» 2002 yil 23 oktabrda Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan.
Barcha schyotlar yo’nalishi va bajaradigan vazifalariga asosan 3 ta guruhga bo’linadi:
- aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- kapitalni hisobga oluvchi schyotlar.
Balansga nisbatan schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlar guruhiga bo’linadi.Schyotlar to’rt xonalik sonlar bilan raqamlashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasida ishlatilayotgan korxona moliyaviy – xo’jalik faoliyatining
35
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi tavsiya etilayotgan schyotlar rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek sanalanishi va joylashish tartibi bo’yicha farq qiladi. Amal qilayotgan rejada schyotlar ikki xonali sanalashga, subschyotlar bir xonali sanalashga, schyotlar rejasining oxirida joylashgan va ko’rsatilgan to’qqizta bo’lim jumlasiga kirmagan balansdan tashqari schyotlar esa uch xonali sanalashga ega. Yangi schyotlar rejasi besh qism va uning tarkibida bo’lgan to’qqiz bo’limdan iborat bo’lib, ularning 1-8 bo’limlari - balans sxemasiga, 9 bo’limi - moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot sxemasiga mos ravishda joylashtirilgan. Schyotlar va subschyotlar korxonaning ehtiyojlariga mos ravishda yangi schyotlar bilan to’ldirishda egiluvchanlikni ta’minlaydigan, to’rt xonali raqamga ega.
Korxonalar Yangi schyotlar rejasiga asosan xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida o’z ishchi schyotlar rejasini tuzishlari zarur. Bu esa korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini hisob registrlarida alohida schyotlarda hisobini olib borish imkonini beradi. Ishchi schyotlar rejasi schyotlarning ko’p yoki kam soniga ega bo’lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyati turiga mos ravishda hamma xo’jalik operatsiyalarini hisobga olishni ta’minlashi lozim. Raqamlash tartibi va sanadagi belgilar soni ixtiyoriy, biroq raqamlash egiluvchan bo’lishi va qo’shimcha schyotlarni kiritishga imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy raqamlash buxgalteriya hisobini o’zlashtirish va kompyuterlashtirishni osonlashtiradi
Hisobvaraqlar rejasining dastlabki 1-8-bo’limlarida doimiy yoki balans hisobvaraqlari, 9-bo’limda esa tranzit yoki vaqtinchalik hisobvaraqlar joylashtirilgan.