Marg`ilon bank-moliya texnikumi buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan mavzular to’plami


-Mavzu: Schyotlarning iqtisodiy mazmuni, tarkibi va tayinlanishi bo’yicha turkumlanishi



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə26/32
tarix05.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#141558
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
100 SOATGA MAVZULAR TO\'P 1-QISM (2)

23-Mavzu: Schyotlarning iqtisodiy mazmuni, tarkibi va tayinlanishi bo’yicha turkumlanishi.
Reja:
1. Schyotlarni turkumlashning maqsadi
2. Schyotlarning turkumlanishi
Buxgalteriya hisobining har bir schyoti quyidagi maolumotlarni o’zida aks ettiradi:

  • Schyotning nomi;

  • Debet yozuv;

  • Kredit yozuv;

  • Oy boshiga qoldiq;

  • Oy davomidagi oborotlar;

  • Oy oxiriga qoldiq;

  • Respublikamizda buxgalteriya hisobini isloh qilishning yo’nalishlaridan biri bu – yangi schyotlar rejasini ishlab chiqishdir.

  • Bu sohada Moliya vazirligida ishchi guruh tuzilib, yangi «Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi» ishlab chiqildi. Bu BHMS- 21chisi bo’lib «Korxonalar moliya - xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi» 2002 yil 23 oktabrda Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan.

  • Barcha schyotlar yo’nalishi va bajaradigan vazifalariga asosan 3 ta guruhga bo’linadi:

  • - aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;

  • - majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;

  • - kapitalni hisobga oluvchi schyotlar.

  • Balansga nisbatan schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlar guruhiga bo’linadi.

  • Schyotlar to’rt xonalik sonlar bilan raqamlashtirilgan.

  • O’zbekiston Respublikasida ishlatilayotgan korxona moliyaviy – xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi tavsiya etilayotgan schyotlar rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek sanalanishi va joylashish tartibi bo’yicha farq qiladi. Amal qilayotgan rejada schyotlar ikki xonali sanalashga, subschyotlar bir xonali sanalashga, schyotlar rejasining oxirida joylashgan va ko’rsatilgan to’qqizta bo’lim jumlasiga kirmagan balansdan tashqari schyotlar esa uch xonali sanalashga ega. Yangi schyotlar rejasi besh qism va uning tarkibida bo’lgan to’qqiz bo’limdan iborat bo’lib, ularning 1-8 bo’limlari - balans sxemasiga, 9 bo’limi - moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot sxemasiga mos ravishda joylashtirilgan. Schyotlar va subschyotlar korxonaning ehtiyojlariga mos ravishda yangi schyotlar bilan to’ldirishda egiluvchanlikni ta’minlaydigan, to’rt xonali raqamga ega.

  • Korxonalar Yangi schyotlar rejasiga asosan xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida o’z ishchi schyotlar rejasini tuzishlari zarur. Bu esa korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini hisob registrlarida alohida schyotlarda hisobini olib borish imkonini beradi. Ishchi schyotlar rejasi schyotlarning ko’p yoki kam soniga ega bo’lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyati turiga mos ravishda hamma xo’jalik operatsiyalarini hisobga olishni ta’minlashi lozim. Raqamlash tartibi va sanadagi belgilar soni ixtiyoriy, biroq raqamlash egiluvchan bo’lishi va qo’shimcha schyotlarni kiritishga imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy raqamlash buxgalteriya hisobini o’zlashtirish va kompyuterlashtirishni osonlashtiradi

67

  • Hisobvaraqlar rejasining dastlabki 1-8-bo’limlarida doimiy yoki balans hisobvaraqlari, 9-bo’limda esa tranzit yoki vaqtinchalik hisobvaraqlar joylashtirilgan.


  • Yüklə 3,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin