O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Farg’ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi
MARG`ILON BANK-MOLIYA TEXNIKUMI
BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI fanidan
MAVZULAR TO’PLAMI
(1-qism)
Kafedra nomi: Dildora Rahmadjonova
O`qituvchi: Roziya Kamolova
2022 yil.
Ilm va izlanish bo’lmagan joyda hech
qanday rivojlanish, yuksalish va, umuman,
biror-bir sohaning kelajagi bo’lmaydi
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Keyingi yillar mobaynida halqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobining o’rni foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga etkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda buxgalteriya hisobining ahamiyati katta bo‘lib, undan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |