Marg`ilon bank-moliya texnikumi buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan mavzular to’plami



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə3/32
tarix05.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#141558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
100 SOATGA MAVZULAR TO\'P 1-QISM (2)

Buxgalteriya hisobi xar bir sodir etilgan voqeylikni yalpi va uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan o’lchab, hujjatlarda qayd qilish va axborot to’plash vazifasini bajaradi. Sodir etilgan ho’jalik operatsiyasini qanchalik o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olinishi boshqaruv uchun zarur bo’lgan axborotlarni sifatini oshiradi, hamda qabul qilingan qaror samarasi yuqori bo’ladi.
Buxgalteriya hisobi — bu korxona va tashkilotlar xo’jalik muomilalarini kuzatish xamda to’lig’icha, uzluksiz ravishda, o’zaro bo’glik holda xujjatlar yordamida ro’yxatga olish orqali korxona mulkining, majburiyatlari va hisob-kitoblarining o’z mablag’lari holati va xarakatini aks ettiruvchi modellashtirilgan axborot tizimidir.
G erb - buxgalterlarning halqarо gerbi.1944 yilda Jan Batist Dyumarshe (frantsuz оlimi) buxgalterlarni halqarо gerbini yaratdi. Ushbu gerb uchta shakldan ibоrat: Quyoshdan – buxgalteriya hisоbi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni xo‘jalik faoliyatini yoritadi; Tarоzi – buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ko‘rsatkichlar tizimini yorituvchi usul, Bernullining egri chizig‘i – hisоb bir vaqtlar paydо bo‘lib, abadiy qo‘llanib keladi. Halqarо buxgalterlar gerbida quyidagi shiоr keltirilgan – «SCIENCE –CONSCIENCE – INDEPENDANCE» «Ilm-fan, ishоnch ,mustaqillik». 1946 yilda Jan Batist Dyumarshe vafоt etgan. Halqarо buxgalterlar kengashi ushbu gerbni hisоb yurituvchi mutaxassislarni halqarо uyushma emblemasi sifatida tasdiqladi. Shunday qilib 1946 yildan bоshlab buxgalteriya hisоbi bilan shug‘ullanayotgan mutahassislar ushbu gerbni tan оlib o‘z faоliyatini unda ko‘rsatilgan shiоr asоsida davоm ettirmоqdalar.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida shakllanishidagi evolyutsion jarayonning sistematik tuzilishini quyida ko‘rishimiz mumkin:
1-davr. Naturalistik davr (ushbu davr eramizdan oldingi 4000 yildan bizning eraning 500 yiliga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga olishi olimlar tomonidan belgilangan). Ya’ni, bu ilk xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi bilan xarakterlanadi. Xo‘jalik jarayonlarining ro‘yxatga olinishi esa yangi bir jarayonnni yuzaga keltirganki bu jarayon qiymat davriga o‘tishni belgilab bergan.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin