Mustaqil o’rganish uchun savollar:
1. Balans so’zining ma’nosi nima.
2. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
3. Balansga qo’yiladigan asosiy talablar va ularning mohiyati.
4. Balansga qo’yiladigan asosiy talablar.
5. Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi.
6. Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balanslarinig maqsadi
7. Balansning elementlari necha turga bo’linadi?
Buxgalteriya hisobi A.A.Karimov, J.Y.Kurbonboyev 1-qism T-2020 yil 39-41-betlar.
23
8-Mavzu: Buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlari.
Reja:
Balansning turlari haqida tushuncha
Balans turlarining mohiyati
3. Balansning aktiv va passiv qismlarida aks etiriluvchi ma’lumotlar.
Tayanch iboralar: aktivlar, asosiy vositalar, aylanma mablaglar, xom ashyo, materiallar, ustav kapital, majburiyatlar, foyda, balans, moddalar, bulimlar, tenglik, bis-2marta, lanx-tarozi pallasi, ikki tomonlama jadval, aktiv, passiv, uzoq muddatli aktivlar, aylanma aktivlar, o’z mablag’lar manbaalari, majburiyatlar, joriy balans, tugatish balansi.
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo’lib, ular quyidagi belgilari bo’yicha tavsiflanadi:
-tuzilish vaqtiga ko’ra;
-axborot hajmiga ko’ra;
-mulkchilik shakliga ko’ra;
- aks ettirish ob’ektiga ko’ra;
- tozalash usuliga ko’ra.
1.Тuzilish vaqtiga ko’ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo’lish va birlashtirish balanslariga bo’linadi.
Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o’z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav kapitali ta’sis hujjatlari bo’yicha va unga doir badallar pul mablag’lari, boshqa mol-mulk ko’rinishidan, aqliy mulk nomoddiy aktivlar ko’rinishida aks ettiriladi va hokazo.
Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatda mavjud bo’lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzilib turiladi.
Тugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Тugatish balansi asosida tugatish komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari summasini belgilaydi, so’ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani tashkil etish choYoida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni qaytaradi. So’ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o’rtasida taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Тugatish balansida xo’jalik sub’ektining aktivlari tugatish komissiyasi bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo’lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Bo’lish balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo’linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo’linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |