2.Axborot hajmi bo’yicha balanslar bir martalik va yig’ma balanslarga bo’linadi.
Bir martalik balans faqat bitta korxona bo’yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig’ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo’jalik mablag’larini aks ettiradi.
3.Mulkchilik shakliga ko’radavlat, kooperativ, o’z, aralash va qo’shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi,
24
4.Aks ettirish ob’ektiga ko’ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.
Mustaqil balansni yuridik shaxs bo’lgan korxonalar tuzadi.
Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo’linmalari (filiallar, sexlar, korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo’jaliklari) tuzadi.
5.Тozalash usuliga ko’rabalanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo’linadi.
Brutto-balans – tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balansdir. Vositalarning haqiqiy qiymatini (tannarxi yoki qoldiq qiymatini) aniqlashda summalar boshqa moddalar summalaridan chegiriladigan moddalar tartibga soluvchi moddalar deyiladi. Masalan, «Asosiy vositalar» summasidan «Asosiy vositalarning eskirishi» tartibga soluvchi modda summasi chegiriladi. Brutto-balansda ana shu tartibga soluvchi moddalar summasi balans yakuniy qiymatiga kiritiladi.
Netto-balans – qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans. O’zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi, ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo’yicha kiritiladi.
Buxgalteriya balansi ikki qismdan: aktiv va passiv qismlardan iborat. Balans aktivida korxona sarmoyasining tarkibi va joylashtirilishi, passivda esa – aktivlarni tashkil topish manbalari, ya’ni o’z sarmoyasi va majburiyatlar, boshqa korxona yoki jismoniy shaxslarning vaqtincha jalb qilingan mablag’lari ko’rsatiladi. Aktiv va passiv tomonlarning har bir satrlari balans moddalari deb ataladi. Har bir modda xo’jalik mablag’ini yoki uning kelib chiqish manbai holatini aks ettiradi.
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: