7-Mavzu: Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni.
Reja:
Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
Balansga qo’yiladigan asosiy talablar va ularning mohiyati
Buxgalteriya balansning elementlari
Tayanch iboralar: Tenglik, bis-2marta, lanx-tarozi pallasi, ikki tomonlama jadval, aktiv, passiv, uzoq muddatli aktivlar, aylanma aktivlar, o’z mablag’lar manbaalari, majburiyatlar, joriy balans, tugatish balansi.
«Balans» atamasi lotincha bis - ikki marta, lanx - tarozi pallasi so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda «ikki palla» degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. Korxonalarning ma’lum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular mablag’lari joylashishi, ishlatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xo’jalik faoliyatiga baho berish, nazorat etish, tekshirib borish zarur. Bu zaruriyat korxonaning boshqaruv xodimlariga, hamda ichki xodimlariga, yuqori tashkilotlariga, bank, soliq inspeksiyasiga, kreditorlarga, investorlarga kerakdir. Ularning bu masala yuzasidan talabini korxonaning buxgalteriya balansi kondiradi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag’larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag’larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat.
Balans hisobotdagi 5 shaklning birinchisi bo’lib, oylik, choraklik, yarim yillik va yil oxirida bo’lishi mumkin.
Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona faoliyatini qay holatda tuzilayotganligini bildiradi. Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtda tuziladi. hisobot balansi esa, korxona faoliyati davomida tuziladi. Va nixoyat tugatish balansi korxona, tashkilot, muassasani tugatilayotgan muddatdagi xo’jalik mablag’lari va ularni manbalari qay holatda ekanligi haqida ma’lumot beradi. Balansdagi ma’lumot qo’yidagicha yig’ilgan bo’ladi. har bir jarayon ro’y berishi natijasida xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jixatdan o’zgarib boradi.
Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so’ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi va schetlarda ikki yoqlamayozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa xar bir schetlar bo’yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schetlar esa birkitiladi. Bu xakda kelgusi mavzularda kengrok tuxtalamiz. Schetlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma’lumotlar bosh kitobga kuchiriladi va balansga o’rnatilgan tartibda aks ettirib chikadi.
Balansga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
- balansning to’g’riligi;
- balansning realligi;
- balansning yaxlitligi;
- balansning izchilligi;
- balansning tushunarliligi,
Balansning to’g’riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to’laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo’jalik faoliyatining barcha muomalalari o’z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobvaraqlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan
22
tasdiqlangan bo’lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma’lumotlarini qasddan buzish – niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish maqsadida atayin va balansni tuzish bo’yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo’lishi kerak.
Balansning realligi moddalar bahosining ob’ektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning «to’g’riligi» va «realligi» tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to’g’ri, ammo noreal bo’lishi mumkin, ya’ni balans ma’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo’ladi va haqiqiy mavjud mablag’larni ko’rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real holatni, masalan, asosiy vositalar – ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo’lmasligi va shu kabilarni ko’rsatmaydi.
Balansning yaxlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo’yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo’linmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining bir xildagi mazmuni, ularning korrespondensiyasi va shu kabilar qo’llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi.
Balansning tushunarliligi – uning balansni tuzuvchilar va uni o’qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli qilish uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o’zbek va rus tilida) bayon qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga rahbarlik qilish uchun ma’lum bir muddatga uning ixtiyoridagi mablag’lar, ularning tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlar zarur. Buning uchun buxgalteriya balansi tuziladi.
Buxgalteriya balansi – korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya balansi ikki qismdan: aktiv va passiv qismlardan iborat.
Balans aktivida korxona sarmoyasining tarkibi va joylashtirilishi, passivda esa – aktivlarni tashkil topish manbalari, ya’ni o’z sarmoyasi va majburiyatlar, boshqa korxona yoki jismoniy shaxslarning vaqtincha jalb qilingan mablag’lari ko’rsatiladi. Aktiv va passiv tomonlarning har bir satrlari balans moddalari deb ataladi. Har bir modda xo’jalik mablag’i yoki uning kelib chiqish manbai holatini aks ettiradi.
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
- korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar;
- korxona tasarrufidagi o’z sarmoyasi;
- keyinchalik belgilanishi bo’yicha qaytarilishi lozim bo’lgan aktivlarni sotib olish, hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Dostları ilə paylaş: |