Молиявий натижалар
Хўжалик маблағлари
Хўжалик маблағларининг ташкил топиш манбалари
Хўжалик жараёнлари
Korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun ma’lum turdagi mablag’larga ega bo’lishi kerak. Ular xo’jalik jarayonida turli funksiyalarni bajaradi va shuning uchun ular buxgalteriya hisobida xo’jalik mablag’lari deb yuritiladi. Buxgalteriya balanchida xo’jalik mablag’lari aktivlar sifatida e’tirof etiladi.
Aktivlar ––– sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Korxona, tashkilot va muassasalarida aktivlar asosan quyidagi turlarga bo’linadi:
Uzoq muddatli aktivlar
Aylanma (joriy) aktivlar.
Korxona mablag’lari har xil manbalar hisobiga shakllanadi. Buxgalteriya balansiga binoan xo’jalik mablag’larrning tashkil topish manbalari 2 turga bo’linadi:
O’zlik mablag’larining manbalari;
Majburiyatlar.
13
O’z mablag’larining manbalari tarkibiga korxonani tashkil etish paytida hosil qilingan ustav kapitali, shutsningdek, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, maqsadli tushumlar, korxonaning ishlab topilgan sof foydasidan shakllantirilgan boshqa vositalar kiradi.
Majburityalar shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirishni bajarish, pul to’lash va boshqa majburiyatlaridir yoki muayyan hatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir. Har bir korxona muayyan turdagi faoliyatni amalga oshirishga ixtisoslashgan. Biron-bir turdagi faoliyatni amalga oshirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etib turishi uchun avval ta’minot, keyin esa sotish jarayonini amalga oshirish lozim.
Тa’minot jarayoni korxona ishlab chiqarish faoliyatining normal borishi uchun muntazam ravishda xom ashyo, material, yoqilg’i, shuningdek, turli xildagi asosiy vositalarning xarid qilib turilishi zarurligi bilan izohlanadi. Bu jarayon ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur vositalarni mol yetkazib beruvchilardan pulga sotib olib, korxonaga keltirish bilan chegaralanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni moddiy ne’matlar yaratish bilan bog’liq bo’lgan eng murakkab xo’jalik muomalalarini o’z ichiga oladi. Bu jarayonda mehnat buyumlari, mehnat vositalari hamda ishchi kuchi yordamida iste’mol qiymatiga ega bo’lgan moddiy ne’matlar ishlab chiqariladi.
Sotish jarayoni xo’jalik mablag’lari aylanishining so’nggi bosqichi bo’lib, bu bosqichda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar xaridor va iste’molchilarga shartnomalar asosida yetkaziladi. Sotish jarayon xo’jalik jarayonini tugallaydi va yana yangidan ta’minot jarayoni boshlanadi hamlda bu jarayon oldingiga qaraganda kengroq tus oladi.
Hisobot davridagi korxona faoliyatining yakuniy ko’rsatkichi bo’lib moliyaviy natija hisoblanadi. Moliyaviy natija – xo’jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faolityaining pirovard iqtisodiy yakunidir. Moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki o’lchashda daromadlar va xarajatlar bevosita daxldor elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlar quyidagicha aniqlanadi:
Daromadlar – bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko’payishi shaklida o’sishi yoki passivlarni qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq qilduvchi o’sishiga olib keluvchi kamayishidir;
Хarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o’rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Daromadlar va xarajatlarni aniklash ularning asosiy xususiyatlarini belgilaydi, shu bilan birgalikda ular moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zararni aniklashda alohida ahamiyat kasb etadi. Hisobot davrida olingan barcha daromadlarning xarajatlaridan ortishi foyda sifatida e’tirof etiladi. Agar korxonaning hisobot davridagi barcha xarajatlari barcha daromadlaridan ortiq bo’lsa, u holda moliyaviy natija zarar sifatida e’tirof etiladi. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning 3-moddasiga4 binoan Uzbekiston Respublikasi hududida O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan xoh O’zbekiston respublikasi hududida, xoh uning tashqarisida joylashgan barcha xo’jalik sub’ektlari yuridik shaxslar, ularning sho’’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi sub’ektlari hisoblanadilar.
Yuridik shaxs hisoblanmaydigan, ammo bankda schetga va tugallanmagan balansga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari ham buxgalteriya hisobi sub’ektlari hisoblanadilar va hisobni «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Konunga muvofiq yuritadilar.
14
Yuridik shaxs hisoblanmaydigan, ammo bankda schetga va tugallanmagan balansga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari ham buxgalteriya hisobi sub’ektlari hisoblanadilar va hisobni «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Konunga muvofiq yuritadilar.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to’liq va ishonchli moliyaviy hamda buxgalteriya axboroti bilan o’z vaqtida ta’minlashdan iborat. Har qanday boshqaruv tizimi axborot bilan ta’minlashning tegishli tizimiga ehtiyoj sezadi. Axborot to’plash, umumlashtirish va qayta ishlashning eng muhim vositalaridan biri buxgalteriya hisobidir.
Buxgalteriya hisobining funksiyalari quyidagilardir:
- rejali;
- nazorat;
- axborot;
- tahliliy funksiya (baholash);
- hisob.
Rejali funksiya rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo’yilgan maqsadga erishish yo’llarini izlashdan iborat.
Nazorat funksiyasi ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko’rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va biznes-rejalarda mo’ljallanganini kuzatish, ya’ni hatti-harakatlar mo’ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash jarayonidir.
Axborot funksiyasi ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashni bildiradi. Bu funksiya qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun korxona rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi.
Тahliliy funksiya korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash va tahlil qilish jarayonidir. Тahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xom-ashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlashni yo’lga qo’yish mumkin.
Hisob funksiyasi korxona xo’jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o’zaro baholangan ifodasidir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining har bir bosqichida amalga oshirilayotgan xo’jalik siyosati bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- korxonada sodir bo’layotgan xo’jalik muomalalarini hujjatlarda o’z vaqtida rasmiylashtirish;
- buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
- moliyaviy hisobotni o’z vaqtida tuzish va tegishli organlarga taqdim etish.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
korxonani boshqaruvchilar;
korxonaning tashqarisida joylashgan va uning moliyaviy faoliyatidan bevosita manfaatdor bo’lganlar;
korxonaga nisbatan bilvosita moliyaviy qiziqish bildiradigan shaxs va guruhlar.
15
Dostları ilə paylaş: |