Marg`ilon bank-moliya texnikumi buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan mavzular to’plami



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə8/32
tarix05.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#141558
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
100 SOATGA MAVZULAR TO\'P 1-QISM (2)

Moddiy o’lchov birliklari ma’lumotlarni sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan olish
7
uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og’irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o’lchamlardir. Moddiy o’lchov birliklaridan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqqorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Demak, moddiy o’lchov birliklari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko’rsatkich olinishi mumkin emas.
Mehnat o’lchov birliklari sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo’llaniladi va kishi kuni, kishi soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o’lchov birliki yordamida mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o’lchov birlik ko’pincha moddiy o’lchov birliki bilan birgalikda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishning normalarini bajarilishini nazorat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda ularning vaqt birligidagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqdori qancha ekanligi va hokozolar hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, mehnat o’lchov birliki yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi.
Qiymat o’lchovi hisob ob’ektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida pul o’lchovi vazifasini so’m va uning qismi bo’lgan tiyin bajaradi. Qiymat o’lchov birlik yordamida har xil bo’lgan xo’jalik mablag’lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko’rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiharilayotgan mahsulotga qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi (uning ishlab chiqarish tannarxi) hisoblab chiqiladi.
Qiymat o’lchov birlikidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo’jalik faoliyatining eng muhim ko’rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin.
Qiymat o’lchov birliki yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish (byudjetlash) hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisobkitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo’lib hisoblanadi.
Binobarin, pul o’lchov birliki xo’jalik faoliyatining eng muhim bo’lgan miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir.
Qiymat o’lchov birliki hisobda ko’pincha moddiy va mehnat o’lchov birliklari bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan, moddiy qiymatliklarning puldagi ifodasi ularning naturadagi miqdorini sotib olish narxiga ko’paytirish asosida aniqlanadi. Yoki, masalan, ishbay ishchining ish haqi shu ishchi tomonidan ishlab chiqariltan mahsulot sonini shu mahsulot birligiga belgilangan narx (rassenka)ga ko’paytirish yo’li nbilan hisoblab aniqlaadi.
Buxgalteriya hisobi butun mamlakat bo’yicha hamda har bir korxona, tashkilot va muassasa bo’yicha belgilangan ishlab chiqarish dasturining bajarilishini aks ettiradi.Buxgalteriya hisobi natural va pul o’lchov birliklari o’zaro bog’langan holda qo’llaniladi.
Buxgalteriya hisobi yordamida korxona va tashkilotlarda amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari tartibga solinadi va xo’jalik yurituvchi sub’ektga amalga oshirligan xo’jalik operatsiyalari ta’siridagi mulkni o’zgarish to’g’risidagi ma’lumot beriladi. Buxgalteriya hisobini boshqa hisob turlaridan farqini aniqlashda unga qo’yiladigan talablarga alohida e’tibor berish lozimdir.
Хisob ko’rsatkichlari bilan reja ko’rsatikichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi ta’minlash buxgalteriya hisobiga qo’yilgan talablardan biridir. Chunki buxgalteriya hisobiga belgilangan
8
reja topshiriqlarni bajarishi ko’rsatiladi va nazorat qilinadi. Buxgalteriya hisobi ko’rsatikichlari bir-biri bilan taqqoslangandagina hisob davrida erishilgan yutuq va kamchiliklar aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf qilish chora–tadbirlari ishlab chiqiladi. Buxgalteriya hisobida mulkning to’liqligi, undan samarali foydalinish yo’llari belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi aniq va tushunarli bo’lish kerak. O’zbekiston Respublikasi qabul qilingan «Buxgaltiya hisobi to’g’risida»gi qonunning 2-moddasi3da buxglateriya hisobining maqsadi va vazifasi to’liq ko’rsatilgan. Bugalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaqti to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. Demak, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni to’g’ri ko’rsatilishi qonun bilan muxofaza qilingandir.Buxgalteriya hisobi ko’rsatkichlarni ravshan va ommabopligi hisob malumotlaridan faqat buxgalteriya xodimlari yoki mulk egasiga tushinarli bo’libgina emas, balki hammaga tushunarli bo’lishi, uni ommabop bo’lishiga alohida e’tibor berish talab qilinadi, Buxgalteriya malumotlarini tushunarli, ommabop bo’lishida hisob ishlarini bajaruvchilardan alohida ish madaniyatini oshirish, yuqori malakali xodimlarni topish kabi ishlarni bajarish talab kilinadi.


Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin