Marg’ilon shahar 2-son kasb-hunar maktabi
“ Aniq” fanlar kafedrasining
Matematika fani o’qituvchisi S.Imomqulovaning 2023 – yil 27 –Oktabr kuni 8-23guruhida o’tkazgan
“ Kasb-hunar maktabida sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish.“
mavzusida tashkil etgan Namunali ochiq dars
BAYONNOMASI
27.10.2023 y
Qatnashdi: 2- son kasb-hunar maktabi O’IBDO’ F . Fozilova va 6 nafa r o’qituvchilar
Kun tartibidagi masala:
Ochiq dars tahlili
Kun tartibidagi masala yuzasidan O’IBDO’ F . Fozilova so’zga chiqdi.Tashkil etilgan Namunali ochiq dars yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini aytib o’tdi.
Dars mavzusi dolzarb va maqsadga muvofiq ekanligini aytib o’tdi.
Dars jarayoni uchun turli xil ko’rgazmali qurollardan unumli foydalanildi.
O’quvchilar faol, fanga qiziqishadi.
O’quvchilar bilimini baholab borish uchun alohida ball kartochkalari yordamida deyarli barcha o’quvchilar baholanganligini uslubchi D, SHermatova ta’kidlabo’tdi.
Ushbu masala yuzasidan 2- son kasb-hunar maktabi uslubchisi D. SHermatova so’zga chiqib, klaster usulida kichik guruhlarda o’quvchilar tomonidan prezentatsiya asosida ratsional tengsizliklar echishga doir misollarning to’g’ri javoblari topilgani,misollarni nilufar guli usulida yeg’ishgani, Klaster usuli orqali matematik terminlarni yozishgani, dars jarayonida o’quvchilar izlanuvchanligini oshirganligi haqida fikr bildirib o’tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan M.Toshmatova internet materiali asosida yangi mavzu tushuntirilganligi, matematika fanini boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligini amaliy misollar bilan tushuntirib o’tishi va doskada misollar yordamida mustahkamlanganligi o’tilgan darsning samaradorligini oshirganligini ta’kidlab o’tdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan kafedra qaror qabul qiladi:
Tashkil etilgan dars samarali va yaxshi deb topilsin.
Dars jarayonidagi lavhalar va o’quv materiallari kasb-hunar maktabi o’quv bo’limiga taqdim etilsin. Ma’sul matematika fanio’qituvchi S Imomqulova.
Kafedra mudiri: ________ U. Saydaliyeva
Dostları ilə paylaş: |