Ulug‘ mutafakkir Ibn Sinoning (980– 1037) 280 dan ko‘p asarlari mavjudbo‘lib, ular tibbiyot, matematika, astrono- miya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag‘ishlangan
Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziqovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o‘zlashtiradi, inson esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maq-sadda inson dehqonchilik bilan shug‘ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladilar, odamlar esa yakka holda o‘zlari uchun. Ibn Sino (980–1037) 94 barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj bo‘ladilar». Classical
Ibn SINO (980-1037)
O‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiymadaniy va savdo markaziga aylantirdi.
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o‘z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji, –deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o‘rganishga undaydi»
Classical Classical Ibn Sino ideal davlat to‘g‘risida fikr yuritib, unga quyidagicha tavsif beradi:
1) hamma o‘z foydasini ko‘zlab mehnat qilishi kerak; 2) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, mamlakatda juda katta boylik va ashaddiy kambag‘allik bo‘lmasin; 3) barcha kishilar halol mehnat bilan shug‘ullanishi va halol savdo qilishi sababli urushadigan odamlar bo‘lmaydi va urushlar 95 tugatiladi, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‘l bilan hal etiladi; 4) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‘ladi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko‘radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. Uning asarlarida “mehnat taqsimoti”ga katta e’tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik o‘sishi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G‘arbiy Yevropada esa faqat 1776-yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi. Inson hayotida iste’mol masalasi muhimligi ko‘rsatiladi. Hozirgi zamon nuqtayi nazaridan, bu iste’mol savatchasi to‘g‘risidagi g‘oyaga yaqin, ya’ni sog‘-salomatlik va inson hayoti, faoliyati, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun taomlanish me’yori ham belgilab beriladiki, uni hozirda ham bemalol qo‘llash mumkin Ibn Sinoning asarlarida fozil davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar rivojlantirilib, o‘zaro yordam, do‘stlik va hamkorlikka katta e’tibor beriladi. Ibn Sino nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko‘rsatadi, nazariy ishlarni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalar to‘g‘risidagi haqiqiy ilmlar, deb ta’riflaydi. “Aql tarozisida o‘lchanmagan har qanday bilim chin bo‘la olmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas”, degan ibora shu olimga tegishlidir.