Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə11/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

3-asosiy savol bayoni: XX asrning so’nggi 10 yilligi jahon tarixida siyosiy geografik tuzilishida tub o’zgarishlar davri bo’lib kirdi. Ma’lumki, 1990-1991 yillarda dunyo siyosiy xaritasida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi: GDR va GFR birlashib, yagona Germaniya davlati vujudga keldi, Chexoslavakiya o’rnida mustaqil Chexiya va Slovakiya davlatlari paydo bo’ldi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi 6 ta mustakil davlatga bo’linib ketdi. Qachonlardir dunyoni larzaga solgan Sovet Ittifoqi parchalanib, uning o’rnida 15 ta mustaqil davlat tarkib topdi.
U tashkil qilgan hududda yangi mustaqil mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarining paydo bo’lishi bu o’lkada o’ziga xos siyosiy, iqtisodiy geografik va demografik makonni vujudga keltirdi. Bu mintaqa xalqlarining tili, tarixi va dinining birligi, urf-odatlari, geografik o’rni, bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi va kelajakdagi muammolarining mushtarakligi Markaziy Osiyo davlatlarining yagona iqtisodiy integratsiyaga birlashganligining asosiy sabablaridandir.
Markaziy Osiyo davlatlarini bir butun hududiy birlikni tashkil etishi bilan birgalikda boshqa bir qator xususiyatlari ham birlashtirib turadi. Ularni quyida sanab o’tish mumkin:
1. Geografik o’rniga ko’ra, Markaziy Osiyo mintaqasi Evrosiyo materigining ichkarisida, keskin kontinental iqlim mintaqasida joylashgan. Mintaqaning katta qismi tekisliklardan iborat bo’lib, baland tog’liklar asosan janubi-sharqida. Mintaqa hududi janubi-sharqdan shimoli-g’arbga tomon pasayib boradi. G’arbda Kaspiybuyi pastekisligi, Turon pastekisligi, Turg’ay cho’kmasi, Qoraqum va Qizilqum cho’llari, Qozog’iston burmali tog’lari va boshqalar mintaqa hududini bir butunligini ta’minlaydi. Shuni aytib o’tish lozimki, MDH davlatlaridagi eng baland cho’qqi (7495m-Ismoyil Samoniy) ham, eng chuqur cho’kma (Qoragiyo botigi –132m) ham Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan.
2. Markaziy Osiyo davlatlari hududlari Rossiya tarkibiga sobiq SSSRning boshqa respublikalari (masalan, Estoniya, Latviya, Litva, Ukraina va boshqalar) ga qaraganda birmuncha kech qo’shilgan. Masalan, Qozog’iston erlari 18 asrning oxirlarida, ba’zi erlar ( masalan, Buxoro) hatto inqilobdan keyin Rosssiya tarkibiga kirgan. Bu esa o’z navbatida aholining milliy urf-odatlari, an’analari, tili va dinini saqlanib qolishiga katta ta’sir ko’rsatgan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin