Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə68/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. Tojikiston respublikasidagi tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar asosida o’ziga xos transport tizimi shakllandi va rivojlanmoqda.
Barcha kontinental davlatlarda bo’lgani kabi bu respublikada ham quruqlikda xarakat qiladigan transport tarmoqlari, ayniqsa avtomobil transportining ahamiyati benihoya katta.
Avtomobil transporti jami yuk tashish ko’rsatkichiga ko’ra eng ommaviy transport tarmog’idir. Uning hissasiga yil davomida tashiladigan yuklarning 90 % to’g’ri keladi. Jami yuk aylanmasining esa uning hissasiga 48,6 % to’g’ri keladi. Respublika hududi tog’lardan iborat bo’lganligi uchun avtomobil transportining ahamiyati ichki, rayonlararo yuklarni tashishda ayniqsa katta. Hozirgi vaqtda jami avtomobil yo’llarining uzunligi 28 ming km ni (shundan 13 ming km asfaltlangan) tashkil etadi. Asosiy magistral avtomobil yo’llari: Dushanbe -Xo’jand, Dushanbe - Xorog, O’sh-Xorog, Dushanbe - Termiz, Dushanbe - Qo’rg’ontepa va boshqalar. Baland tog’ yo’llarida avtomobillar qatnovi faqat mavsumiy hususiyatga ega. Temir yo’l transportining ahamiyati asosan tashqi va qisman ichki (Shimoliy va Janubiy Tojikiston Markaziysida) iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhimdir. Temir yo’llarining umumiy uzunligi 0,5 ming km dir. Shuning 1G’3 qismiga yaqini Shimoliy va qolgan qismi Janubiy Tojikiston hududlariga to’g’ri keladi. Bu yo’llar: Xovos-Qo’qon oralig’ida 1896 yilda, Termiz - Dushanbe oralig’ida 1926 - 1929 yillarda, Termiz - Qo’rg’ontepa oralig’ida 1970 yillar boshlarida qurildi. Kelgusida Dushanbe-Fayzobod, Samarqand-Panjikent, Qo’rg’ontepa - Ko’lob temir yo’llari qurilishi ham ko’zda tutiladi.
Havo transporti respublikaning tog’li sharoitida alohida ahamiyatga ega. Chekka tog’li rayonlarni markaziy rayonlar bilan bog’lashda va tashqi aloqalarni tez va samarali tashkil qilishda bu transport tarmog’i katta o’rin tutadi. Boshqa transport tarmoqlari (daryo, quvur, elektron) ning roli yuk tashish va iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda ancha cheklangan.
MDH davlatlari orasida bu yunalish ko’rsatkichlari Tojikistonda o’ziga xosdir. Ittifoq davrida respublika jahonning 50 davlati bilan eksport - import aloqalariga ega edi. Asosan rangdor metal kontsentratlari, alyuminiy, paxta tolasi, ayrim xildagi gazlamalar, meva va sabzavot konservalari va boshqalar tashqi bozorga chiqarib kelingan. Mustaqillik yillarida eksport mahsulotlari assortimenti u qadar o’zgarmagan bo’lsada, Tojikistondagi murakkab siyosiy - ijtimoiy vaziyat tufayli, tashqi iqtisodiy aloqalarda u qadar ijobiy o’zgarishlarga erishilmadi. Hozirgi vaqtda respublika tashqi aloqalarining mutloq katta qismi Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyodagi qo’shni davlatlarga to’g’ri kelmoqda.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin