Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə67/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Qishloq xo’jaligi. Tojikiston iqtisodiyotining asosini qishloq xo’jaligi tashkil qiladi. Milliy daromad yaratishda uning hissasi 25 % ga (2005 y.) teng. Respublika qishloq xo’jaligining asosini er fondi va ulardan foydalanish imkoniyatlardan iborat. Jami hududning 1G’3 qismidangina qishloq xo’jaligida foydalaniladi. Ekin maydonlari esa 827 ming ga ni tashkil qiladi. Haydaladigan erlarning aholi jon boshiga to’g’ri kelishga ko’ra Tojikiston Markaziy Osiyoda eng past ko’rsatkichga ega, (0,14 ga).
Dehqonchilik. Qishloq xo’jaligining etakchi tarmog’i dehqonchilikdir. Uning hissasiga 2G’3 qismi qishloq xo’jalik mahsuloti to’g’ri keladi.
Dehqonchiligining etakchi tarmog’i bo’lib texnika ekinlari, xususan paxtachilik hisoblanadi. U jami ekin maydonlarining 34,6 % da ekilmoqda. Vaxsh, Hisor vodiylari va Shimoliy Tojikistonning tog’ oldi tekislikda asosiy ekin maydonlarini egallaydi. Markaziy Osiyoda 50 % ingichka tolali paxtani Tojikiston etkazib beradi.
Donli ekinlar ikkinchi tarmoq bo’lib, jami ekin maydonlarining 33,2 % ni egallaydi, asosan tog’ oldi va tog’li xududlardagi bahorikor mintaqalar va qisman sug’oriladigan maydonlarda joylashtiriladi. 3 % ga yaqin maydonlar sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari bilan band. Qolgan maydonlarda asosan em-xashak ekinlari etishtiriladi.
Chorvachilik. Chorvachilik–dehqonchilikdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Unda qishloq xo’jalik mahsulotining 30 % tayorlanadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qoramolchilik va qo’ychilikdir. Qoramolchilik sut–go’sht ixtisosligiga ega.
Qo’ychilik qoramolchilikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Qo’ylar asosan respublikadagi tabiiy yaylovlarda boqiladi. Mamlakatda hisori zotdor qo’ylari mavjud. Bu qo’ylar yirikligi, tez semirishi bilan dunyog’a mashhur, og’irligi 120–130 kg dan ortadi. Respublikada qorako’l qo’ylarini boqish ham yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Pomirda tog’li xalqlarning asosiy chorvachiligi bo’lgan qo’toslar boqiladi. Bu hayvonlar sovuq iqlimga moslashgan bo’lib, ulardan sut olish bilan birga yuk tashishda foydalaniladi.
Respublikaning barcha hududlarida (Tog’li Badaxshondan tashqari) qadimgi qishloq xo’jalik tarmog’i-pillachilik rivojlangan. Pilla etishtirish bo’yicha Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida ikkinchi o’rinda turadi.
Respublikada 2005 yilda 1,25 mln bosh qoramol, 2,9 mln bosh qo’y va echkilar, 54,9 ming bosh yilqi, 40 ming bosh cho’chqa, 3,0 mln bosh turli xildagi parrandalar hisobga olingan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin