portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua
Tabiiy sharoiti. Turkmaniston tabiiy sharoitining ko’rsatkichlari hududining ancha janubda joylashganligi va er yuzasining asosan tekisliklardan iborat ekanligi bilan bog’liq.
Relefining 80 % tekisliklar(Turon tekisligi) dan iborat. Chekka janubiy chegaralariga tutash uning asosiy tog’ va balandliklari (Kopetdag, Paropamiz-Qorabel) hamda G’arbiy Kaspiy bo’yi past tekisliklari er yuzasini buzib turuvchi Katta va Kichik Balxon, Kopetdog’ kabi kabi past tog’lar va balandliklari umuman respublika hududining atiga 20 % ga yaqin qismini egallaydi.
Iqlimi respublikaning katta qismida keskin kontinental. Faqat hududining janubiy qismlarida (Murg’ob va Tajan vodiylari, Kopetdog’ etaklari hamda Qizil Atrek daryosi quyi qismlari) u quruq subtropik xususiyatiga ega. Yanvar oyining Markaziycha t° sishimoliy rayonlarida - 5° dan janubida Q3° - 4° gacha, iyulniki esa Q28° dan (shimolda) 32° gacha (janubda) o’zgarib turadi. Respublikada mutloq minimum bilan maksimum esa - 32° bilan Q 49,9° Markaziysada tebranadi. Umuman, Turkmaniston iqliminiig o’ziga xos xususiyatlaridan biri Markaziy Osiyoda yillik Markaziycha t° ningeng yuqoriligidir. Shuning bilan birga uning iqlimi eng qurg’oqchil hamdir. Yog’in miqdori Kaspiy bo’yi past tekisliklari va shimolidan janub va janubi-sharqidagi tog’ va balandliklari tomon 100 mm dan 200 - 250 mm gacha ko’tarilib boradi. Bu holat Turkmanistonda suv manbalari naqadar qadrli ekanliigini, suv bor joydagina hayot bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.
Respublika hududida uzoq tarixiy davrlardan boshlab aynan shu sababli aholi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan, suvdan foydalanishning engmurakkab usullari (kariz va qumli tekislikdagi nihoyatda chuqur quduqlar) dan foydalanish malakalarini o’zlashtirganlar. Hozirgacha Kopetdog’ etaklari va Paropamiz balandliklari hududlarida o’nlab karizlar aholini suv bilanta’minlashda xizmat qilmoqda. Turkmanistonni haqli ravishda quduqlar mamlakati deb ham atash mumkin. Uning hududida 10 mingdan ortiq quduqlar hisobga olingan. Agar bu quduqlarning aksariyati qum barxanlari orasida katta chuqurlikargacha kavlanganligini (200 m gacha chuqurlikda) hisobga olsak, unda suv uchun kurash hayot-mamot ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Jahondagi eng uzun sun’iy sug’orish kanallaridan hisoblanadigai Katta Qoraqum kanali (uzunligi 900km) ham respublikada suv muommasini engillatish maqsadida qurilgan.