Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-mavzu: Turkmaniston Respublikasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə74/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

14-mavzu: Turkmaniston Respublikasi.
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1.Turkmanistonning iqtisodiy-geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Turkmanistonning aholisi va mehnat resurslari.
3. Turkmanistonning xo’jaligi va tashqi iqtisodiy aloqalari.
4. Turkmanistonning iqtisodiy rayonlari.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy-geografik o’rin, tabiiy sharoit, tabiiy resurslar, iqtisodiy rayon, xo’jalik, tarmoq.


1-asosiy savol bayoni: Milloddan avvalgi 6-minginchi yillarda Turkmaniston hududida yashagan xalqlar dehqonchilik bilan shug’ulanishgan, milloddan avvalgi 1-ming yillikda sinfi jamiyat vujudga kelgan. Usha yilliklarda Marg’iyona, Parfiya, Yunon-Baqtriya davlatlari bo’lgan. Keyinchalik bu davlatlar Ahomoniylar davlatiga qo’shib olingan. Milloddan avvalgi 5-4 asr ohirlarida Turkmaniston hududini Aleksandr Makedonskiy istilo qilgan. 1024 yilda bu hududni Sosoniylar bosib olishgan va hukimronlik qilishgan. 5-asr Markaziylarida Eftalitlar bu hududda hukumronlik qilishgan. 7-asrgacha Turkmaniston hududida zardushtilar, otashparastlar, buddizm va boshqa dinlar tarqalgan. 6-asr Markaziylarida Turk xoqonligi, 7-asrda arablar bu joylarni bosib olishgan va islom dinini tarqatishgan. 9-10 asrlarda bu o’lka Tohiriylar, Somoniylar davlatiga qaragan. 1040 yilda Saljuqiylar davlati Turkmaniston hududini bosib olganlar. O’g’uzlar Turkman xalqining shakillanishiga asos bo’lgan.
Turkmaniston 12-asr va 13-asr boshlarida Xorazm davlati qaramog’ida bo’lgan. 14-asrning 70-80 yillarida Temuriylar tasarrufiga o’tgan. 15-asrda Turkman ellatining shakillanishi nihoyasiga etdi. 16-17 asrlarda hududning ma’lum qisimlari Xiva va Buxoro xonliklariga, boshqa qismi Eronga tobe bo’lgan. 1869-1885 yillarda Turkmaniston hududini Rossiya bosib olgan. 1917 yil Sovet hokimiyati o’rnatildi, 30 aprel 1918 yilda Turkmaniston Muxtor Sovet sotsialistik respublikasi tashkil etildi. 1924 yil “Milliy davlat chegaralanishi“ bo’lib, 27 oktyabr 1924 yilda Turkmaniston ittifoqdosh respublikalar tarkibiga kirdi.
Suveren Turkmaniston respublikasi esa 1991 yil 27 oktyabridan jahon siyosiy xaritasida mustaqil davlat sifatida paydo bo’ldi. U BMT ning teng huquqli a’zosi, ko’plab dunyoviy siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy tashkilotlarga qabul qilingan.
Markaziy Osiyo, qolaversa MDH davlatlari orasida Turkmaniston olib borayotgai o’ziga xos siyosiy–ijtimoiy siyosati bilan ham ajralib turadi, ya’ni bironta siyosiy bloklarga qo’shilmaslik, betaraflik siyosatini olib bormoqda.
Turkmaniston MDHda va jahonda boy gaz va neft zahiralari, paxtasi, gilami, axaltekin zotli otlari bilan mashhur.
Markaziy Osiyo mintaqasining eng janubiy hududlarini egallagan Turkmaniston respublikasining IGO’si so’nggi yillarda tabora qulaylashib bormoqda. Ittifoq davrida Markaziy rayonlardan chekkada joylashgan bu o’lka mustaqillik yillarida, ayniqsa mezo va makro IGU ko’rsatkichlariga ko’ra eng qulay sharoitlarga ega bo’lib bormoqda. Sobiq Ittifoq davrida ancha noqulay IGU ga ega bo’lgan Turkmaniston 90–yillar Markaziylarida ishga tushirilgan Tajan–Seraxs–Mashhad temir yo’li (Markaziy Osiyo respubllkalarini Eron va Fors ko’rfazi bilan bog’lovchi) va "Traseka " transport yo’lagi (Markaziy Osiyo respublikalarini Kavkaz hamda Kaspiy va Qora dengazlar orqali Evropa mamlakatlari bilan bog’lovchi) tufayli Markaziy Osiyo va Qozog’iston respublikalarining Janubiy va Janubi–G’arbiy Osiyo hamda G’arbiy davlatlari bilan aloqa qilish maydoniga aylanib bormoqda. Bu holat uning IGO’ ni tom ma’noda, ancha qulay darajaga olib chiqdi. Hozirgi vaqtda mintaqa davlatlari tashqi iqtisodiy aloqalarining anchagina qismi uning hududi orqali amalga oshirilmoqda.
Ma’muriy – hududiy jihatdan respublika tarkibida Ahal, Balxon, Mari, Lebab va Dashhovuz viloyatlari mavjud. Turkmanistonning bosh shahri Ashxaboddir.
Turkmanistoi respublikasining umumiy maydoni 488 ming km2 bo’lib, bu ko’rsatkichga ko’ra u MDH da 4, Markaziy Osiyoda 2 (Markaziy Osiyoning 12,5 % hududini t.e.), jahonda esa 50 - o’rinda turadi. Aholisi 6,7 mln kishi (2006 y)–bu ko’rsatkich bo’yicha MDH da 10 va Jahonda 106 - o’rinni egallaydi. U shimoli-g’arb tomonida Qozog’iston, shimol - sharqda O’zbekiston, janubida Afg’oniston va Eron bilan chegaradosh, g’arbida uning hududlari Kaspiy dengizi bilan tutash. Mintaqadoshlari Qirg’iziston, Tojikistondan farqli o’laroq uning chegaralari asosan tekisliklar orqali o’tadi. Faqat Eron davlati bilangina u qadar baland bo’lmagan, lekin seysmiklik darajasiga ko’ra “notinch” Kopetdog’ orqali chegaralanadi. Shu sababli uning chegaralari iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra nisbatan qulay.
Shuning bilan birga barcha mintaqadosh davlatlari kabi uning dunyo okeani va dengizlari qirg’oqlaridan o’zoqda joylashganligi muhim tabiiy boyligi hisoblanadigan neft va gazini jahon bozoriga chiqarishda katta muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin