Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə73/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvchilarning 84, qushlarning 346, sudralib yuruvchilarning 44, hasharotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan to’ng`iz, yovvoyi echki, arxar, kiyik, ayiq, sug’ur, qushlardan tovushqon, kaklik, chil, qirg’ovul, bedana va boshqalar mavjud. Janubi-sharq va shimoldagi tog’larda qoplon, bo’ri, tulki, jayra, qashqaldoq, ilon, yovvoyi mushuk, tog’ echkisi, kiyik, parrandalardan burgut, o’rdak, laylak va boshqalar jonivorlar uchraydi. Tabiatni qo’riqlash maqsadida Polvonto’qay, Romit, Dashtijum qo’riqxonalari va botanika bog’lari tashkil etilgan.

Tojikiston hududlaridagi aholi soni (ming kishi)


1989-yil

2000-yil

2006-yil

Dushanbe shahri

594

562

646

Sug’d viloyati

1558

1870

2061

Xatlon viloyati

1704

2151

2463

Tog’li-Badaxshon muxtor viloyati

161

206

218

Respublikaga bo’ysunuvchi tumanlar

1092

1338

1531

Jami

5109

6127

6920
Aholisi. 2010-yili Tojikiston Respublikasining aholi soni 7 mln. 565 ming kishini tashkil qildi. Erkaklar soni 3 mln. 813 ming, ayollar esa 3 mln. 752 ming. Shu ma’lumotga tayangan holda, 1,000 erkak kishi uchun 984 ayol to’g’ri keladi. 2013-yil 1-aprelda Tojikiston aholisi 8 000 000 kishini tashkil qildi. Tojikiston aholisi jadallik bilan ko’paymoqda, 1959-yilda 1 mln. 981 ming kishi edi, 1989-yilda esa-5 mln. 109 ming kishini tashkil qildi.



Tojikiston Respublikasi aholisining milliy tarkibi:




1989-yil

2000-yil

2010-yil

Tojiklar

62,3%

79,9%

84,3%

O’zbeklar

23,5%

15,3%

12,2%

Ruslar

7,6%

1,1%

0,5%

Tatarlar

1,4%

0,3%

0,1%

Qirg’izlar

1,3%

1,1%

0,8%

Boshqa millatlar

3,9%

2,3%

2,1%

Tojikiston: 1.Dushanbe-100 kv.km. 2. Tog’li-Badaxshon Avtonom oblasti-64 200-Xorog. 3. So’g’d viloyati-25 400-Xo’jand. 4. Xatlonskaya obl-24 800 –Qo’rg’ontepa. 5. Respublikaga bo’y sunuvchi rayonlar-28 600 kv.km.-Dushanbe. Respublikaga bo’y sunuvchi rayonlar tarkibi (13 ta): -Varzob; -Vaxdat (oldingi Kofarnixon); -Hisor; -Djirg’atol; -Nurabod (oldingi Darband); -Rasht (oldingi G’arm); -Rog’un; -Rudaki (oldingi Lenin); -Tavildarin; -Tadjikabad; -Tursunzada (oldingi Regar); -Fayzabad; -Shaxrinav.


Tayanch tushunchalar: Tog’ muzliklari - balandligi 3500-5300 m bo’lgan tog’li hududlarda o’nlarcha katta-kichik muzliklar bo’lib, ular egallagan maydon respublika hududiniig salkam 6 % ni egallaydi va Markaziy Osiyo respublikalarini hayot minbai bo’lgan suv bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Efir moyli o’simliklar - oziq-ovqat, parfyumeriya, farmatsevtika sanoatlari uchui nihoyatda zarur anvoyi hid, ta’m va boshqa sifatlarni beruvchi o’simliklar (atirgul, lavanda, geran va boshqalar) dir. Shulardan geran eng ko’p Hisor vodiysida ekiladi.
Nazorat savollari:
1. Tojikistonning iqtisodiy-geografik o’rnini mazmunan izohlab bering?
2. Tojikistonning tabiiy sharoiti va resurslarni izohlab bering?
3. Tojikistonning aholisini mazmunan izohlab bering?
4. Tojikistonning mehnat resurslarini izohlab bering?



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin