Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Qurilish materiallari sanoati



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə37/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Qurilish materiallari sanoati. Respublika xo’jaligining etakchi tarmoq-laridan biri bu qurilish materiallari sanoatidir. Bu tarmoq xo’jalikning barcha tarmoqlari bilan chambarchas bog’liq. Qozog’istonda qurilishga kerakli materiallarning zahirasi ko’p.
Qurilish materiallaridan tsement (Qarag’anda, Shimkent, Semey, Uskemen, Soztepa), asbest (Jetigara, Taraz, Qarag’anda, Semey, Shimkent), temir-beton konstruktsiyalari (Qustanay, Rudno’y, Aqtau, Stepnogorsk va boshqa birnecha yirik shaharlarda), ohak (Qustanay, Qizilo’rda, Stepnogorsk), oyna (ShMarkaziyndi, Qurmang’azi) kabi juda muhim mahsulotlar ishlab bermoqda. Qozog’istonda granit, marmar, gabrodiobaz, mikrokvartsit, amazonit, labrodorit va boshqa qurilishga ta’luqli bo’lgan mineral toshlar turlari mavjud.
Yog’ochni qayta ishlash sanoati asosan Rossiyadan keltiriladigan va qisman o’zida tayyorlanadigan yog’och asosida turli mebellar, qurilish vositalari, mahalliy ehtiyoj mahsulotlari (o’tov uylar, milliy muzika asboblari) kabilarni ishlab chiqaradi. Qizilo’rdada tsellyuloza-karton, Semeyda shpallar, Shimkentda gugurt korxonalari mahsulot bermoqda.
Engil sanoat. Qozog’iston engil sanoatning asosan chorvachilik xom ashyolari qayta ishlovchi tarmoqlar: junni yuvish va qayta ishlash (kiyiz-namat tayyorlash, ip yigirish), teri - charm ishlash, ulardan poyabzal, po’stin, bosh kiyimlari tikish tarmoqlari tashkil qiladi.
Engil sanoatning eng asosiy tarmoqlaridan biri bu to’qimachilik sanoatidir. U xo’jalikning qadimgi sohasi. Qozog’istondagi to’qimachilik sanoati hozirgi zamon texnologiyasi bilan jihozlangan. To’qimachilik sanoati asosiy xom ashyosi paxta va jundir. Paxta tozalash zavodlari Janubiy Qozog’istonda Shimkent, Turkiston shaharlari va Maqtaorol aholi punktida, jun yuvish kombinatlari Semey va Taraz shaharlarida ishga tushirilgan. To’qimachilik sanoati markazlari Shimkent, Almati (ip-gazlama), Qarag’anda shaharlarida. Qarg’ali va Qustanay kombinatlarida tayyorlangan yuqori sifatli jundan to’qilgan matolardan palto, kostyumlar tikiladi. Almati, Qarag’anda, Shimkent, Uskemen, Jezqazg’an shaharlarida trikotaj buyumlar ishlab chiqaruvchi fabrikalar bor. Qarag’anda, Shimkent, Semey shaharlarida paypoq ishlab chiqariladi. Astana shahrida jun yigiruvchi kombinat, Uskemenda ipak matolarini ishlab chiqaruvchi kombinat mavjud. Ural, Qizilo’rda, Qustanay, Taraz shaharlarida joylashgan mo’yna, terini oshlovchi zavodlarning ahamiyata kattadir. Bu zavodlarda qo’y terisi, qunduz, tulki, bo’ri, oq sichqon va quyonning terilari qayta ishlanadi. Poyabzal korxonalari asosan Semey, Taraz, Almati, Qizilo’rda, Qustanay, Qarag’anda, Taldiqo’rg’on shaharlarida faoliyat ko’rsatadi. Bu korxonalar ehtiyojni tuliq qoplay olmaydi, poyabzal asosan chetdan keltiriladi. Aholiga hizmat ko’rsatuvchi yana bir soha-bu farfor-fayans buyumlari ishlab chiqarish. Korxonalari asosan Astana va Qapchag’ayda joylashgan. Bu tarmoqlar asosan ichki ehtiyojlar uchun mahsulotlar ishlab chiqaradilar.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin