portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua
Oziq-ovqat sanoati. Tarmoqning ahamiyati nisbat katta. U respublikaning oziq-ovqatga (asosan sut-go’sht va un-nonga) bo’lgan ehtiyojini to’la qoplash imkoniyatiga ega. Shu bilan birga u ancha mahsulotlarini eksportga ham chiqara oladi. Hozirgi vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan. Oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlari qayta qishloq xo’jaligida foydalaniladi.
7-jadval. Go’sht sanoatida muhim mahsulot turlarini etkazib berish, ming t
Manba: Axmetov.E.A. va boshqalar. Qozog’istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Eng muhim tarmog’i go’sht sanoatidir. Mamlakatda go’sht mahsulotlariga bo’lgan talabning o’sishi-aholining turmush darajasining o’sishini ko’rsatmoqda. Respublikada 40 ga yaqin yirik qushxonalar bor. Ular orasida Semipalatinsk, Aqto’be, Petropavlovsk, Ural, Taraz, Shimkent go’sht kombinatlari yirikligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa Shimoliy Qozog’iston, Sharqiy Qozog’iston va Janubiy Qozog’iston oblastlari asosiy go’sht mahsulotlari etkazib beruvchi rayonlardir. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ko’ra Semey go’sht kombinati MDHda faqat Moskva va Sankt-Peterburg korxonalaridan keyin turadi. Bu kombinat molning tirik vaznining 98 %-ni foydalanib, 100 dan ortiq mahsulotlar turini etkazib beradi (7-jadval).
Sut - oziq-ovqat industriyasi tarmoqlarining asosiy mahsulotlaridan hisoblanadi. 2002 yil statistik ma’lumotlariga ko’ra xo’jalikning barcha turlarida sut etkazib berish 4,1 mln t-ni tashkil etdi, har bir sigirdan 2044 kg sut sog’ib olindi. Almati, Qarag’anda, Qustanay, Ko’kchetau, Shimkent, Pavlodar shaharlarida eng yirik sut-konserva kombinatlari joylashgan. Almati, Qustanay, Ko’kchatau sut kombinatlari sut mahsulotlarining 75 %-ni etkazib bermoqda.
Tarmoqning ikkinchi sohasi dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlaridir. Bular: 1) un-elovator kombinatlari. Ularning eng yiriklari Petropovlovsk, Kustanay, Aqmo’la, Qarag’anda, Semey, Almati, Shimkent korxonalaridir; 2) Ural va Aktyubinskdagi tariqni qayta ishlash; 3) Uskemendagi grechixani qayta ishlash; 4) Qizil O’rdadagi sholini oqlash korxonalaridir.
Bu sohaning muhim yo’nalishlaridan biri qand lavlagini qayta ishlash tarmog’idir. Taraz, Taldiqo’rg’on oblastlarida 10 ga yaqin shakar, Taraz shahrida qand – rafinad zavodlari mahsulot bermoqda. 2003 yilda mamlakatda 481419 t qand va shakar etkazib berildi.
Respublikada o’simlik moyi (paxtachilik rayonlarida) kungaboqar (Sharqiy Qozog’iston va Pavlodar oblastlarida) moyi ishlab chiqarish, meva va sabzavot konservachiligi (Janubiy Qozog’iston) tarmoqlari ham ma’lum darajada rivojlangan. Bularga qo’shimcha Atirau, Bautino, Baliqchi, Zaysan, Balxashdagi yirik baliq konserva kombinatlarini ham qayd qilmoq kerak.
Almati viloyatida ekiladigan sariq tamakini foydalanib ishlaydigan Almati tamaki kombinati – Qozog’istondagi tamaki ishlab chiqaruvchi asosiy korxonadir. Uni 1993 yildan boshlab AQShning “Filip Morris” firmasi boshqarib kelmoqda. Kompaniya Almati viloyatining Shelek tumanida tamaki etishtirish programmasini ishlab chiqdi.