Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə58/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Qo’shimcha. Qirg’iziston, rasmiy nomi Qirg’iz Respublikasi. Markaziy Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti-Bishkek shahri. Qirg’iziston BMTning a’zosidir. Mamlakat shimolida Qozog’iston, g’arbida O’zbekiston, janubi-g’arbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirg’iziston aholisi bugungi kunda 5 milliondan kishidan ortiq. Uning 66,9% qirg’izlar, 14,14% o’zbeklar, 10,65% ruslar va 8,31% boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.
Xo’jaligi. Qirg’iziston agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5%, qishloq xo’jaligi 38,4%, xizmat ko’rsatish tarmog’i 12%, savdo 10,1% ni tashkil etadi. Sanoatining etakchi tarmoqlari: mashinasozlik (q.x. mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va b.), rangli mstallurgiya (simob, surma va qo’rgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, engil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, ko’npoyabzal, tikuvchilik buyumlari i.ch., gilam to’qish; asosiy markazlari-O’sh, Bishkek), oziq-ovqat (go’sht-sut, un-yorma va b., yirik korxonalar Bishkek sh.da joylashgan) sanoati. Ko’mir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stantsiyalarida). Norin daryosida To’qtago’l, Uchqo’rg’on, Kurpsoy, Toshko’mir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stantsiyasi mavjud.
Qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlar mayd. 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9%). 1 mln. gektar er sug’oriladi. Q.x.ning etakchi tarmog’i-chorvachilik (yalpi mahsulotning 55%), asosan mayin va yarim mayin junli qo’ychilik; sut-go’sht chorvachiligi, yilqichilik ham rivojlangan. Mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming cho’chqa, 3765 ming qo’y va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmog’i-paxta, tamaki, efir moyli ekinlar etishtirish; shuningdek, em-xashak ekinlari, g’alla (bug’doy, arpa, makkajo’xori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bog’dorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urug’i olinadi.
Temperaturansportining asosiy turi-avtomobiltemperaturansporti. Avtomobil yo’llarining umumiy uz. 28 ming km (19 ming km umumiy foydalanish yo’llari). T.y.lar uzunligi 417 km (2002). Issiqko’lda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yo’llari uz. 460 km. "Kirgizstan aba joddoru", "Itek Eyr", "Altin Eyr" milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha mamlakatlariga uchadi. Qirg’iziston hududidan Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olmaota gaz quvuri o’tgan, Maylisoy-Jalolobod-O’sh gaz quvuri o’tgan.
Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, engil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va b. chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng iste’mol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, O’zbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozog’iston, Turkiya, AQSh bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi-som.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin