Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Markaziy Qirg’izston (Norin viloyati)



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə57/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Markaziy Qirg’izston (Norin viloyati) Respublika hududining 26 foizini, aholisiniing esa 6 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km2ga 5,5 kishi to’g’ri keladi. Mintaqa baland tog’lardan iborat bo’lib, boshqa iqtisodiy zonalar va asosiy temir yo’llardan olisda joylashgan. Mintaqani - Shimoliy Qirg’iziston bilan dovon orqali o’tgan Norin - Baliqchi - Bishkek avtomobil yo’li bog’lab turadi.
Iqtisodiy rayonning asosiy boyligi - Norin daryosi va uning irmoq-laridagi gidroenergiya resurslari, hamda bepoyon yaylovlardir. Mintaqaning foydali qazilmalari qo’ng’ir ko’mir, temir rudasi, oltin, mineral tuz va boshqalar bo’lib hali to’liq o’rganilmagan.
Rayon xo’jaligida yaylov chorvachiligi ustun turadii. Aholisi chorvachilik bilan shug’ullanadi. Bu erda ko’plab mayin junli qo’ylar boqiladi. Respublikada etishtiriladigan junning 1G’5 qismini etkazib beradi. Dehqonchilik yaxshi rivojlanmagan.
Mintaqaning ayrim hududlarida don etishtirish, dorivor ko’knori va chorva uchun ozuqabop ekinlar ekiladi.
Aholi manzilgohlari daryo vodiylarida va tog’ oralig’i botiqlarida joylashgan bo’lib, bir-biridan ancha uzilib qolgan.
Rayonning ma’muriy markazi Norin shahri bo’lib, Norin daryosiniing chap qirg’og’ida, dengiz sathidan 2037 metr balandda joylashgan. Shaharda go’sht-sut kombinatlari, sut zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa korxonalar ishlab turibdi.
Janubiy Qirg’izston- Respublika hududiing 33 foizini aholisining esa 43 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km2ga 30 kishi to’g’ri keladi.
Mintaqaning katta qismi Farg’ona vodiysiga to’g’ri keladi. Baland tog’lar Shimoliy Qirg’izistondan ajratib turadi. Shimoliy Qirg’iziston bilan Janubiy Qirg’iziston Bishkek-O’sh avtomobil yo’li bilan aloqa olib borishadi.
Relefida tekisliklar bilan bir qatorda tog’oldi va baland tog’liklar ham bor.
Janubiy Qirg’iziston tabiiy resurslarga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa bu mintaqada yoqilg’i - energetika resurslari va rangdor metallurgiya konlari ko’p. Jumladan qo’ng’ir va toshko’mir konlari, neft, gaz, surma, simob, rux, qalay, oltingugurt, mineral tuz va boshqalar. Shuningdek mintaqada shifobaxsh mineral buloqlar ham ko’p.
Iqtisodiy rayonda to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati, tog’-kon sanoati, rangdor metallurgiya, mashinasozlik sanoatlari yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligida paxta va tamaki etishtirish ustun turadi. Shuningdek rayonda donchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Mintaqada chorvachilik sut-go’sht etishtirishga ixtisoslashgan. Chorva mollari sug’oriladigan erlarda hamda tog’ yaylovlarida boqiladi.
Aholisining asosiy qismi mintaqaning sharqiy qismida istiqomat qiladi. Bu erda mamlakatnig ikkinchi yirik shahri O’sh joylashgan. O’sh viloyati aholi zichligi bo’yicha respublikada birichi o’rinda turadi (1 km2 ga 110 kishi).
O’sh shahri Markaziy Osiyodagi qadimgi shaharlardan biri bo’lib, uning iqtisodiy geografik o’rni juda qulay. Shahar Oqbura daryosining har ikki sohilida joylashgan bo’lib, Janubiy Qirg’izistonning sanoati rivojlangan markazi hisoblanadi.
Shahardan Tyanshan, Pomir tog’lari orqali Qoshg’ar, Hindiston va Afg’onistonga karvon yo’llari boshlangan.
Zamonaviy O’sh shahrida ko’plab sanoat korxonalari, oliy o’quv yurtlari joylashgan. To’qimachilik kombinatlari, ipakchilik kombinati, nasos zavodi, temir-beton konstruktsiyalari zavodi, Pedinstitut, Politexnika instituti va boshqalar shular jumlasidandir.
O’sh shahridan so’ng ikkinchi yirik sanoat markazi Jalolobod shahridir. Shaharda 20 dan ortiq sanaot korxonalari ishga tushirilgan. Bular: qurilish materiallari kombinati, paxta tozalash zavodi, mebel fabrikasi, tikuvchilik fabrikalari, tamaki fabrikasi va boshqalardir. Jalolobod o’zining mineral issiq suvlari va shifobaxsh balchiqlari bilan yana ham mashhur. Shahardagi kurort-sanatoriylarda teri, suyak, asab va boshqa kasalliklar davolanadi.
Oblastning sharqiy qismida Qoradaryo vodiysida O’zgan shahri joylashgan. O’sh kabi O’zgan ham qadimiy shaharlardan biridir. Qadimda bu erdan Markaziy Osiyoni Qoshg’ar bilan tutashtiruvchi savdo yo’li o’tgan. Shaharda qadimgi tarixiy obidalar ko’p. Shahar qadimda Qoraxoniylar davlatiing poytaxti bo’lgan.
Shahar yaqinida ko’plab mineral buloqlar topilgan. Eng mashhuri Qora-Shoro bo’lib, bu erda mineral suvlar shishalarga quyiladi. O’zganga nafaqat respublika, balki ko’plab xorijiy mamlakatlardan sayyohlar tashrif buyurishadi.
Tog’-kon sanoatining rivojlanishi natijasida Janubiy Qirg’izistonda bir qancha ishchi posyolkalari tashkil topdi. Moylisoy - respublikaning eng yosh shaharlaridan biri bo’lib, neft koni asosida bunyod etilgan.
Hozirgi kunda shaharda elektrotexnika sanoati yaxshi rivojlangan (Elektrolampa, yoritish priborlari, elektroizolyatsiya mahsulotlari).
Mintaqadagi Qizilqiya, Sulyukta, Toshko’mir, Ko’k-Yong’oq kabi shaharchalar ko’mir konlari yaqinida joylashgan va asosiy ko’mir qazib oluvchi markazlar hisoblanadi. Bulardan eng yirigi Qizilqiya bo’lib, Farg’ona vodiysiga eng ko’p ko’mir chiqazadi. Shuningdek shaharda o’tga chidamli mahsulotlar, yirik tamaki fabrikasi kabi sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Qizilqiya yaqinidagi simob va surma konlari asosida Kadamjoy, Xaydarken kabi ishchi posyolkalari tashkil topgan. Hozirgi kunda Moylisoy, Xaydarken, Qadamjoy rangli metallar qazib olish va boyitish markazlari hisoblanadi. Markaziy Osiyo Shveytsariyasi - baland tog’lar, go’zal tabiiy landshaftlarga ega bo’lganligi uchun Qirg’iziston shunday nom ham olgan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin