Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə53/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Metallurgiya sanoati korxonalari asosan metall rudalarini qazib chiqarish, ularni tozalab boyitilgan ruda kontsentratlarini tayyorlash bilan shug’ullanadi. Iste’mol tayyor metallga aylantirish ishlari Qozog’iston, Rossiya va boshqa respublikalar korxonalarida amalga oshiriladi. Kon-boyitish korxonalarining asosiylari Sumsar (polimetall), Haydarkon (simob), Qadamjoy (surma), Sarijaz (qalayi) hisoblanadi. Meshked, Qumbel, Qulja-Bashat konlaridan volfram,oltin, qalayi qazib olinadi. 1996 yil Kanadaning “Kameko” hususiy korporatsiyasi bilan hamkorlikda Qirg’izston-Kanada “Kumtar gold opereiting kompani” qk tashkil etildi. Kelishuvga kura undirilgan oltinning 2G’3 qismi Qirg’izstonga, 1G’3 qismi “Kameko” hususiy korporatsiyasiga tegishlidir. 1998 yilda “Kameko” hususiy korporatsiyasi tomonidan 20,3 t. oltin 221,4 mln AQSh dollariga sotilgan. Kelajakda korporatsiya tomonidan yiliga 30 t. oltin qazib chiqarish mo’ljallanmoqda. Talas oblastining baland tog’li hududlarida Jeroy oltin koni bazasida 1997 yilda mashhur Avstraliya kompaniyasi “Normandiya mayning limited” va “Qirg’izoltin” davlat kontserni bilan hamkorlikda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Bu konni o’zlashtirishga 100 mln AQSh dollari sarflanmoqda va yiliga 5-6 t. oltinni qayta ishlash ko’zda tutilgan. Shuningdek Chuv vodisida ham Qora-Bolta tog’-kon kombinati va Malayziyaning “Berxard” tog’-kon korporatsiyasi bilan hamkorlikda qo’shma korxona tashkil qilindi va bu loyihaga Kanadaning “Kilborn” firmasi ham qushildi.
Mashinasozlik nisbatan yaxshi rivojlangan. Elektrotexnika, qishloq xo’jalik, transport mashinasozligi, qisman aniq va murakkab mashinasozligi tarmoqda asosiy o’ringa ega. Mazkur tarmoqqa tegishli bo’lgan 494 ta korxona faoliyat kursatmoqda. Shulardan elektrotexnika mashinasozligi korxonalari 12ta, kimyo va neftkimyosi mashinasozligining 2ta yirik korxonasi, stanoksozlik mashinasozligida 3ta korxona, priborsozlikda 9ta korxona, avtomobil sanoatida 3ta korxona, traktor va qishloq xo’jalik mashinasozligida 3ta korxona, metalsozlikda 64ta korxona va boshqa mashinasozlik tarmoqlarida 16ta. Mashinasozlik sanoati ichida elektrotexnika mashinasozligi salmoqli o’rinni egallayda (56%). Elektrotexnika mashinasozligi iqtisodiyotda ham muhim urin egallaydi. Ularning korxonalari asosan Bishkek (xashak tayyorlash (presslash) mashinalari, o’lchov asboblari, elektron hisoblash texnikasi, avtomashina yig’uv korxonalar), Moylisoy (elektr yoritqich vositalari), O’sh (mexanika, ta’mirlash korxonalari) va boshqalar hisoblanadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin