Tabiiy sharoiti. Qayd qilinganidek relefi ancha murakkab. Uning hududida minimal balandlik tog’ oldi adirliklarida 400 m dan maksimal balandlik 7439 m (Pobeda cho’qqisi) gacha tebranadi. Uning balanddigi 1000m gacha bo’lgan qismi 10% hududini, 1000-3000 m gacha bo’lgan qismi 60 % hududini va 3000 m dan baland bo’lgan qismi hududining 30 % ni tashkil qiladi.
Iqlimi mo’’tadil tog’ iqlimi hususiyatiga ega. Vodiylar va tog’ oldi adirliklarida yanvar oyi Markaziycha t° si -15°dan -8° gacha. Iyul oyining Markaziycha t° si Q 5°Q27° orasida, Yog’in miqdori vodiylarda Markaziycha 200-400 mm dan tog’li hududlarda 700-1000 mm orasida farqlanadi. Respublikaning agroiqlim imkoniyatlari dehqonchilik ishlarini to tog’larning 2000-2400 m li yonbag’ir-larigacha olib borishga imkon beradi.
Tabiiy resurslari. Tabiiy resurslari xilma-xil. Ular orasida tabiiy mineral resurslar alohida iqtisodiy ahamiyatga molikdir. Er osti qazilma boyliklarining muhim turi ularning yoqilg’i-energetika mineral boyliklaridir. Unda ko’mir boyligi katta zahiralarda va xilma-xillikda mavjud. Respublikada ko’mirning geologik zahirasi 31 mlrd t.ni tashkil qkladi. Boshqacha ayttanda, ko’mir zahiralariga ko’ra Qirg’iziston Qozog’istondan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Unda yuqori sifatli toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir zahiralari deyarli baravar nisbatda uchraydi. Respublikada neft va gaz konlari faqat Janubiy Qirg’izistonning Moylisoy rayonida mavjud va ancha kam quvvatlidir.
Qirg’izistonning eng qimmatli energetika resursi daryolaridagi gidroenergetika quvvatlaridir. Norin, Qoradaryo, Talas kabi daryolari va ularning irmoqlari ancha katta gidroenergiya zahiralariga ega. Ayniqsa Norin daryosi bu borada katta imkoniyatga ega. Umumiy gidroenergetika zahiralariga ko’ra Qirg’iziston mintaqada Tojikistondan keyin 2-o’rinni egallaydi va uning zahiralari mintaqa gidroenergetika potentsialining 30 %ga to’g’ri keladi. Norin daryosi esa Vaxsh va Panj daryolaridan keyin 3 o’rinda turadi. Shuningdek, Qirg’izistonning metall rudali mineral boyliklari ham katta. U simob (Haydarkon), surma (Qadamjoy) zahiralariga ko’ra MDHda eng yuqori o’rinlarni egallaydi, polimetl (Sumsar), oltin (Qumtor), alyuminiy xom ashyolari kabi boyliklar ham ahamiyatli. Kimyoviy mineral resurslardan turli tuzlar, qurilish materiallari (tsemeit, xom ashyolari, marmar kabilar)ga ham ancha boy.
Respublikaning muhim tabiiy boyliklari qatoriga boy o’simlik qoplami ham kiradi. Ayniqsa uning o’rmonlari noyob hususiyatlarga (Farg’ona tizmasi g’arbiy yonbag’rlaridagi relikt yong’oqzor o’rmonlari) ega bo’lib respublika hududining 3,3 %ni qoplab yotadi. Bundan tashqari uning baland subalp, alp yaylovlari ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Bunday o’tloqlar respublika hududining 50% dan ko’prog’ini egallaydi.
Rekreatsiya resurslari respublikaning yana bir katta iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan tabiiy boylik turidir. Toza havoli, dilbar ko’rinishli tog’ landshaftlar, baland tog’ ko’llari Issiqko’l, Sarichelak kabilar, tez oqar daryo va soylari, shifobaxsh mineral suv va balchiqlari birgalikda, darhaqiqat, katta boylikni tashkil qiladi, Ularning asosida ko’plab serdaromad tomosha bog’lar, dam olish va davolanish maskanlari tashkil qilish, tog’ turizmi va sportini keng rivojlantirish mumkin. Bu sohani rivojlantirish ayniqsa hozirgi mustaqillik yillarida respublikaning valyuta tushumini kupaytirishi mumkin.