Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə54/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Engil sanoat. Respublika sanoatining yirik tarmoqlaridan biri engil sanoat hamdir. Uning eng yirik ishlab chiqarish markazlari asosan Bishkek va O’sh shaharlaridir. Bishkekda dag’al jun gazlama, ust-bosh kiyimlari tikish, trikotaj, poyabzal korxonalari, O’shda esa ip-gazlama va shoyi gazlama kombinatlari, To’qmoq jun qayta ishlash fabrikasi, Qora-Bolta gilam fabrikasi, Qorako’l, Talas, Jalolobod shaharlarida tikuvchilik fabrikalari, Qizilqiya va Yangier shaharlarida poyabzal fabrikalari joylashgan.
Oziq-ovqat sanoati. Qirg’iziston sanoatining yana bir yirik tarmog’i oziq-ovqat sanoatidir. Uning tarmoqlari respublika hududi bo’ylab keng yoyilgan. Qand-shakar sanoati korxonalari Shimoliy Qirg’izistonning Chu va Talas vodiylarida joylashgan. Yog’-moy, tamaki, go’sht-sut, un, konserva, issiq va sovuq ichimliklar kabi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari Qirg’izistonning asosiy shaharlari bo’ylab joylashtirilgai.
Jumladan go’sht sanoatining Bishkek, O’sh, Qorako’l, Qayindi va boshqa shaharlarda 15ta yirik korxonalari bor. Bishkek, To’qmoq, Qora-Bolta, Qizilsu, Belovodsk shaharlarida sut mahsulotlari korxonalari, Bishkek, To’qmoq, Issiqko’l shaharlarida meva-konserva kombinatlari, Bishkek, Qora-Bolta, Belovodsk, Jalolobod shaharlarida alkogolli ichimliklar korxonasi, Qant, To’qmoq, Belovodsk shaharlarida shakar zavodlari, Bishkek, To’qmoq, Qora-Bolta, O’sh, Jalolobod shaharlarida non mahsulotlari korxonalari, Qizilqiya, O’sh, Jalolobod shaharlarida tamaki fabrikalari, To’qmoq, O’sh, Qorasu shaharlarida yog’-moy kombinatlari, Bishkek, To’qmoq, Qora-Bolta, O’sh, Jalolobod, Qorasu, Qorako’l, Baliqchi, Sulyukta shaharlarida un-krupa sanoati korxonalari joylashgan.
Qishloq xo’jaligi. Qirg’iziston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida paxtachilik majmuasining hissasi pastligi bilan ajralib turadi. Jumladan, 2005 yilda respublika bo’yicha atigi 70 ming tonna paxta hosili yig’ib olingan.
Amalda bu hajmdagi paxtani O’zbekistonning bitta tumani berishi mumkin. Buning asosiy sababi respublikaning tabiiy agroiqlim sharoiti bilan bog’liq. Shu asosda uning dehqonchilik tarmoqlari shakllangan. Respublikada qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlar maydoni 10,6 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %). 1 mln. gektar er sug’oriladi.
So’ngga yillarda ekin maydonlari dehqonchilik tarmoqlari Markaziysida quyidagacha teqsimlanmoqda (jami ekin maydonlariga nisbatan % hisobida) donli ekinlar - 55,9 %, texnika ekinlari – 11,8 %, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari–11,1 % va em-xashak ekinlari 22,2 % (12-jadval).
12-jadval. Donli ekinlarning ko’rsatkichlari

Yillar

Maydoni ming. ga

Yalpi xosil ming. t

Hosildorlik tsG’ga

1991

539,8

1373,9

25,5

1992

572,7

1516,5

26,5

1993

612,2

1507,8

24,6

1994

558,4

996,3

17,8

1995

503,8

913,3

18,1

1996

585,8

1329,3

22,7

1997

667,6

1619,0

24,2

1998

623,0

1619,0

26,0

1999

620,7

1630,0

26,2

2000

589,7

1568,7

26,4

2005

568,6

1478,5

25,2

Manba: Internet ma’lumatlari.
Darhaqiqat, donli ekinlar ekiladigan maydonlar hissasiga ko’ra Qirg’iziston mintaqada so’nggi o’n yilliklar davomida Qozog’iston va O’zbekistondan keyin uchinchi o’rinni egallab kelmoqda. Uning barcha vodiylarida eng ko’p ekiladigan g’alla ekini bug’doydir. Tog’ etaklarida arpa, sug’oriladigan maydonlarda makkajo’xori va sholi ancha keng tarqalgan. Shuningdek, dukkakli ekinlar (no’xat, mosh, loviya) ham ahamiyatlidir (13-jadval).
13-jadval. Bug’doy etishtirish

Yillar

Maydoni ming. ga

Yalpi hosil ming. t

Hosildorlik tsG’ga

1991

188,7

434,3

23,0

1992

246,7

634,4

25,7

1993

333,7

830,7

24,9

1994

320,5

565,6

17,6

1995

340,6

625,0

18,3

1996

434,0

964,1

22,2

1997

537,0

1273,7

23,7

1998

488,6

1203,7

24,6

1999

456,6

1109,1

24,3

2000

443.7

1039,1

23,4

2005

438,9

986,0

23,2

Manba: Internet ma’lumatlari.
Tog’ etaklarida arpa, sug’oriladigan maydonlarda makkajo’xori va sholi ancha keng tarqalgan. Shuningdek, dukkakli ekinlar (no’xat, mosh, loviya) ham ahamiyatlidir.
14-jadval. Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish

Qishloq xo’jalik ekinlari

1990

1995

2000

2005

Arpa (ming ga)

266,4

150,7

8,8

60,8

Yalpi hosil ming. t

591,6

158,9

105,2

148,0

Hosildorlik tsG’ga

22,2

10,5

17,1

14,8

Makkajo’xori (ming ga)

65,7

35

66,5

63,7

Yalpi hosil ming. t

40,6

116,1

338,3

302,0

Hosildorlik tsG’ga

610,8

33,2

51,6

48,6

Sholi (ming ga)

1,2

4,5

6,4

5,8

Yalpi hosil ming. t

2,1

6,7

1,9

2,1

Hosildorlik tsG’ga

17,5

14,9

29,7

25,4

Manba: Internet ma’lumatlari.
Texnaka ekinlari - paxta, qand lavlagi, tamaki, kungaboqar, soya kabilar - respublika hududida aniq rayonlashtirilgan holda ekiladi. Jumladan, paxta, tamaki asosan Janubiy Qirg’izistonda qand lavlagi, soya, kungaboqar, qisman tamaki Shimoliy Qirg’izistonda ko’proq makon topgan (14-jadval).
Kartoshka ko’proq Shimoliy Qirg’izistonda ekilsa, sabzavot va ayniqsa poliz ekinlari Janubiy Qirg’izistonda ko’proq etishtiriladi.
Janubiy Qirg’iziston va Chuv vodiysida sabzavotlarning issiqsevar turlari etishtiriladi (bodring, pomidor, bulg’or qalampiri, boqlajon, piyoz).
Tog’li zonalarda (Issiqko’l botig’i, Talas vodiysi) karam, rediska, ildizmevali sabzavotlarning ertapishar navlari etishtiriladi. Qirg’izistonda jami bo’lib sabzavotlarning 20 turi etishtiriladi.
So’nggi yillarda mamlakatda sabzavotlarni issiqxonalarda etishtirish qo’lga olinmoqda va issiqxona maydonlari ortib bormoqda. Issiqxonalarning katta maydonlari Chuv vodiysidadir (15-jadval).
15-jadval. Kartoshka etishtirish dinamikasi

Yillar

Maydoni ming. ga

Yalpi xosildorlik ming. t

Xosildorlik tsG’ga

1991

22,4

137

326,3

1992

27,1

124

362

1993

26,6

108

308,2

1994

34,1

90,2

310,9

1995

43,7

98,7

431,6

1996

49,1

114,5

562,4

1997

56,1

120,9

678

1998

58,9

131,2

773,5

1999

64,0

149,5

957,2

2000

68,9

150,9

1045,5

2005

65,2

138,7

982,6

Manba: Internet ma’lumatlari.
Eng ko’p ekin maydonlari em-xashak ekinlari uchun ham ajratiladi va u Qirg’izistonning barcha rayonlariga xosdir. Buning asosiy sababi respublikada chorvachilik eng ahamiyatli (yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirishda ularning xissasi deyarli tengdir) tarmoqlardan hisoblanadi. Buning ustiga Qirg’iziston yaylovlaridan asosan mazsumiy foydalanish mumkin. Gap shundaki, uning yaylovlari chorvachilik uchun faqat yozdagina ahamiyatli. Qishloq yaylovlari esa Qirg’izistonda juda ham cheklangan. Shu sababli qishda ko’p sonli chorva mollarini asosan qo’lda ovqat berib boqilishi talab etiladi va ular emishi uchun shunchalik ko’p miqdorda ekin maydonlari ajratiladi (16-jadval).
16-jadval. Sabzavotlar etishtirish dinamikasi

Yillar

Maydoni ming. ga

Yalpi xosildorlik ming. t

Xosildorlik tsG’ga

1991

19,5

399

170,0

1992

22,2

404

154,0

1993

14,9

255,3

140,0

1994

22,4

262,2

115,2

1995

30,6

318,4

103,2

1996

32,2

368,5

113,4

1997

36,1

478,7

132,0

1998

38,4

555,9

143,0

1999

46,9

719,3

152,0

2000

46,9

746,8

157,0

2005

42,4

684,6

148,3

Manba: Internet ma’lumatlari.
Chorvachiligida etakchi tarmog’i qo’ychilikdir. 2005 yilda respublikada 3,7 mln qo’ylar qayd qilingan (1990 yilda ularning soii 10 mln boshga yaqin edi). Asosan mayin va yarim mayin junli qo’ylar eng ko’p tarqalgan. Qoramolchilik chorvachilikning ikkinchi sohasidir. Jami qoramollar soni 1 mln boshga yaqin. Asosan intensiv dehqonchilik rayonlarida bu tarmoq eng ko’p ahamiyatga ega. Shuningdek, 360 ming yilqi, 200 ming cho’chqa, 2,1 mln ga yaqin parrandalar mavjud. Bularga qo’shimcha, asalarichilik, Janubiy Qirg’izistonda pillachilik, baland tog’ rayonlarida tog’ qo’toschiligi ham mamlakat iqtisodiyotid
Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin