Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-asosiy savol bayoni: Aholisi va mehnat resurslari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə64/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: Aholisi va mehnat resurslari. Tojikiston respublikasi aholisi MDH davlatlari orasida XX asr davomida son jihatdan eng ko’p o’sishga erishdi. So’nggi yuz yil orasida u 6,5 baravarga o’sdi. 2006 yil boshida respublika aholisining umumiy soni 7,3 mln kishini tashkil qildi (1989 yilda 5,2 mln kishi edi). Aholining muhim demografik xususiyatlaridan biri tabiiy ko’payish ko’rsatkichlarining mintaqada eng yuqori ekanligidir. Jumladan, har ming kishiga tug’ilish 2005yilda 26,8, o’lim 4,4 va tabiiy ko’payishi 22,4 kishini tashkil qildi.
Tojikistonda tabiiy o’sish ko’rsakichlarining yuqori xolda kelayotganiga aholining milliy tarkibi ham sababchidir. 2000 yilda respublika aholisining 79,9 % ni tojiklar, 15,3 % ni o’zbeklar, 1,1 % ni ruslar, 1,1 % ni qirg’izlar, qolganlarini boshqa millat vakillari (rasmiy ma’lumotlarga qaraganda respublikada 55 millat vakillari yashaydi, bu mintaqada eng past ko’rsatkichdir) tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, Tojikiston aholisining 97 % ga yaqini mahalliy millat vakillaridan iborat va ularda tabiiy o’sish ko’rsatkichlari an’anaviy ravishda yuqoridir. Aholining Markaziycha zichligi har bir km2 43 kishini tashkil qiladi. Ammo uniig 85 % respublika umumiy hududining 1G’10 qismida yashaydi. Aholi zich yashaydigan Shimoliy Tojikistonning vodiy qismida Markaziycha zichlik 100-150 kishini, Hisor va Vahsh vodiylarida zsa 30-100 kishini tashkil qiladi. Aksincha eng siyrak ko’rsatkichli hududlariga Tog’li Badaxshon to’g’ri keladi. Unda aholining Markaziycha zichligi har 1 km2 bir kishini tashkil qiladi. Aholining urbanizatsiya darajasi ham ancha past, respublika aholisining 27,4 % shaharlarda yashaydi (2000y). Jami 19 shahar va 48 shaharchalari bor. Eng yirik shahri respublika poytaxti xisoblanadigan Dushanbe shahridir, unda 600000ga yaqin aholi bor. Xo’jand shahrida 160000 aholi bor. Boshqa shaharlarda aholi 100000dan kam, ular Markaziy va kichik shaharlardir.
Tojikistondagi demografik xolat aholisining 50 % dan kamrog’ining mehnat resurslaridan iboratligini ta’minlagan. Aksincha unda mehnat yoshigacha bo’lgan yoshdagilar hissasi ancha kattadir. Jami mehnatda band bo’lganlarning 20 % gina sanoatda va 46,8 % qishloq xo’jaligida (mintaqada eng yuqori) ishlaydi. Umuman respublika mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin