Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə63/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Tabiiy resurslari. Qo’shnisi Qirg’azistonga o’xshash Tojikistonning eng ahamiyatli tabiiy boyligi bo’lib, uning gidroenergetika resurslari hisoblanadi. U jami energetika quvvatlari zahirasi hajmiga ko’ra Rossiyadangina ortda qoladi. Maydoni eng kichik bo’lishiga qaramay Tojikiston hissasiga jami Markaziy Osiyo respublikalari, asosiy yirik daryolari, gidroenergiya zahiralari (300 mlrd. kVtG’s) ning 60 % dan ko’prog’i to’g’ri keladi. Tabiiyki, bu nihoyatda katta ko’rsatkich. Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda bu ko’rsatkichning atigi 5 % dan ko’prog’igina o’zlashtirilgan xolos. Asosiy manbalari Panj, Vaxsh, Zarafshon xisoblanadi.
Mineral resurslarning barcha guruhlari respublikada uchraydi. Yoqilg’i mineral resurslar orasida qo’ng’ir ko’mir konlari ko’proqdir. Ular orasida Sho’rob (qo’ngir ko’mir), Fan-Yongob (toshko’mir) konlari ancha ahamiyatli. Neft konlari faqat Quyi Vahsh vodiysida va Konibodom rayonlarida topilgan. Lekin ular ancha kam quvvatli konlardir. Muhim qazilma boyliklaridan polimetall, volfram, surma, oltin, nefelin, qalayi, turli tarqonq rangdor metallar hisoblanadi.
Shulardan, Shimoliy Tojikistondagi Qoramozor polimetal va Janubiy Tojikistondaga Takob polimetal konlari hozirga vaqtda xalq xo’jaligida foydalanilmoqda. Respublikada hozirgi vaqtgacha 28 ta oltin koni ochilib foydalanilmoqda. Eng asosiylari Shimoliy Tojikistonda Djilau, Taror, Zarafshon vodiysida Chore, Shoxbas Kum-Manor konlarida katta ishlar olib borilmoqda. Shimoliy Tojikistonning “Qoyali” surma koni MDH dagi 50 % surma zaxirasiga ega. So’g’d oblastida surma va simobdan tashqari 214 ta boshqa turdagi foydali qazilmalar mavjud, ularning qatorida: qurg’oshin-ruh(16ta koni), mis va vismut (3ta), volfram va molibden (1ta), strontsiy (2ta), temir (3ta), oltin (15ta), kumush (7ta), toshko’mir (11ta), neft-gaz (11) va boshqa konlar mavjud. Respublika kimyoviy mineral resurslardan tuzlarga ancha boy. Xatlon oblastidagi Mo’minobod tosh tuzi koni Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biridir. Mineral qurilish materiallari geografiyasi juda keng va xilma-xildir. Bular orasida tsement, oyna xom ashyolari, pardozlash materiallari, qadimdan dong taratib kelayotgan nodir rangdor la’li toshlari ("La’li Badaxshon") alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, Tojikiston xilma-xil rekreatsiya resurslariga ham ancha boy: minerallashish darajasi juda xilma-xil issiq ( Q 38 gradusdan 96 gradusgacha) yoki sovuq mineral suvlar, davolash balchiqlari ming bir dardga davo. Nihoyat, o’ziga xos o’rmon, o’z o’simlik qoplamiga ega tog’ landshaftlari, toza havo, tez oqar daryo va soylar uziga tog’ turizmi ishqibozlari, alpinistlarni ko’plab tortishi turgan gap. Agar ularning xalqaro doiradagi ahamiyatini xisobga olsak, respublika iqtisodiyotida kelgusida muhim o’rin tutishini tushunish qiyin emas.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin