Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə79/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Qishloq xo’jaligi. Qishloq xo’jaligi–Turkmaniston respublikasi iqtisodiyotida jami milliy daromadni yaratishda eng katta o’rin tutadi. 90- yillar o’ralarida bu borada uning xissasi sal kam 48% ni tashkil qilgan. Bu holat hozirgi vaqtda ham o’z kuchida qolmoqda.
Qishloq xo’jaligining asosini albatta, er-suv fondi tashkil etadi. Turkmanistoida bir tomondan er fondiniig ancha kattaligi, nkkinchi tomoidan esa suv ta’minotiniig murakkabliga ana shu resurslardan foydalanishda o’ziga xos imkoniyatlarni keltirib chiqargan. Masalan, shu sabablarga ko’ra respublikaning dastlabki mustaqillik kunlaridan boshlab xususiy foydalanish uchun to 50 gektargacha erga egalik qilishga ruhsat etilgan.
Respublikada jami haydaladigan erlar 1,5 mln ga ni yoki u jami maydonining 3,6% ni tashkil qiladi. (Markaziy Osiyoda eng past ko’rsatkich). Shunga qaramasdan qishloq xo’jaligining asosiy sohasi deh-qonchilikdir.
Dehqonchilikning eng yirik tarmog’i paxtachilik bo’lib, jami ekin maylonlarining 45% ni band qiladi Markaziy Osiyoda eng katta ko’rsatkich), uning asosiy maydonlari Amudaryoning Markaziy va quyi hududlari va Murg’ob-Tajan vohasida joylashgan. Turkmaniston so’ngi yillarda 700 ming tonna paxta hosilini bermoqda.
Mustaqillik yillarida dehqonchilikka katta e’tibor berila boshlandi. O’zbekistonga o’xshash unda ham «don mustaqilligi» ni ta’minlash bo’yicha qizg’in kurash ketmoqda. Donli maydonlar hozirgi vaqtda jami ekin maydonlarining 35% ni tashkil qilmoqda. Asosiy sug’oriladigan may-donlarda bug’doy, arpa, makkajo’xori, qisman sholi ekiladi.
Sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarn jami ekin maydonlarining 2,5 % ga yaqiniga ekilmoqda, Qolgan maydonlarda (17 %) em - xashak ekinlari ekiladi.
Chorvachilik asosan qurg’oqchil cho’l yaylovlaridan foydalanish asosida shakllangan. Respublikada 1,1 mln bosh qoramol, 6,3 mln qo’y va echkilar, 22 ming bosh yilqilar statistik hisobida qayt etilgan. Shuningdek, pillachilik, hovuz baliqchiligi, parrandachilik, tuyachilik ham respublika iqtisodiyotida katta e’tiborga molikdir.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin