portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua
Tabiiy resurslari. Tabiiy resurslar orasida eng ahamiyatlisi neft va gaz boyliklaridir. Ularning zahiralariga ko’ra Turkmaniston MDH dagina emas, balki jahonda (ayniqsa tabiiy gaz bo’yicha) eng yirik davlatlar qatoridan o’rin oladi. E’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra uning neft zaxiralari 12 mlrd t va gaz zahiralari esa 21 trln m3 ni tashkil qiladi. Neft konlari asosan G’arbiy Turkmaniston (Kaspiy bo’yi past tekistliklari) va gaz konlari Markaziy va Sharqiy Turkmaniston hududlarida tarqalgan. Dastlabki neft konlari Nebitdag atroflarida inqilobdan oldin aniqlangan. Ularni o’zlashtirish esa asosan 30–yillardan boshlangan. Keyingi vaqtlarda neftning asosiy konlari Kaspiy bo’yining Cheleken ya.o. dan to Okarem-Gasanko’ligacha bo’lgan hududlarida hamda Kaspiy dengizi sayozliklarida joylashganligi aniqlandi. Tabiiy gaz konlarini aniqlash va o’zlashtirish esa 60–yillar ohirlaridan boshlandi. Dastlab shimoliy Turkmanistonda (Naip, Gaz-Achak), so’ngra Mari atroflarida (May, Shotlik), so’nggi yillarda esa sharqiy Turkmanistonda (Sovetobod, Davlatobod) ko’shilib yirik tabiiy gaz konlari o’zlashtaririldi.
Kimyoviymineral resurslari (xilma - xil tuzlar, oltingugurt) iqtisodiy jihatdan respublikaning ikkinchi muhimer osti boyliklaridan hisoblanadi. Garchituz konlari respublikaningturli rayonlarida uchrasada, ularning asosiy zahiralari G’arbiy Turkmanistonda Qorabo’g’oz - Gol havzasida to’plangan. Uning zahiralari amalda bitmas-tuganmasdir. Bu havzada osh tuzi hamda murakkab tarkibga ega bo’lgan mirabilit tuzlari mavjud. Respublikaniig yana bir muhim kimyoviy mineral resursi Sharqiy Turkmanistondagi oltingugurt konlaridir. Ko’xitang tog’lari etakdaridagi Gaurdak oltingugurt koni MDH dagi eng yirik kondir. Shuningdek, bu hududa kaliytuzi ham mavjud. Bular kelgusida Turkmanistonda xilma-xil kimyo sanoati tarmoqlarini rivojlantirishga imkon beradi.
Respublikada rang-barang qurilish mineral boyliklari ham ko’pdir. Ular tsement, oyna, ohak kabi tarmoqlarni rivojlantirishda foydalaniladi.
Ammo, yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Turkmanistonda ko’mir, temir rudasi va xilma - xil rangdor metall konlarining sanoat ahamiyatiga molik so’nggi yillarigacha uchramagan.