Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə87/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Xo’jaligi. T.-agrar industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50%, qishloq xo’jaligi. niki 18%, xizmat ko’rsatish sohasiniki 32%. Sanoatining etakchi tarmoqlari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, engil (qishloq xo’jaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yog’moy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdog’, Turkmanobod, Mari, Gugurtdog’da issiqlik elektr stantsiyalari barpo etilgan. Yiliga o’rtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash T.ning g’arbiy rayonlarida olib boriladi, Cheleken g’arbida dengiz tubidan neft qazib olinadi. Asosiy gaz konlari: Gazo’choq, Naip, Shatlik, Gugurtdog’ va b. Neftni qayta ishlash tarmog’ida benzin, kerosin, dizel yonilg’isi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral o’g’it, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chiqariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar t’mirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Engil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish, qorako’l oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, ko’nchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim o’rin oladi. Asosiy sanoat markazlari: Ashxobod, Toshhovuz, Turkmanobod, Mari, Turkmanboshi, Nebitdog’, Bayramali va b.


Qishloq xo’jaligining etakchi tarmog’i-dehqonchilik. Unda paxtachilik asosiy o’rin egallaydi. Vohalarda va tog’ yon bag’irlarida etishtiriladi (asosan, ingichka tolali paxta). Donli ekinlardan bug’doy, arpa, sholi, oq jo’xori va makkajo’xori, emxashak ekinlari, poliz ekinlaridan qovun, tarvuz etishtiriladi. Bog’ va tokzorlar bor. Atrek daryosi va uning irmoqlari bo’ylarida subtropik ekinzorlar (anor, zaytun, anjir, bodomzorlar) bor. Chorvachilik qishloq xo’jaligi.ning muhim tarmog’i hisoblanadi. Tog’li joylarda qoramol, qo’y, echki, yilqi boqiladi, tekisliklarda qorako’lchilik va tuyachilik, Turkmanobod, Ashxobod, Mari viloyatlarida pillachilik, suv havzalarida baliq xo’jaligi rivojlangan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin