YA’ni “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” va ular bilan bog‘liq ayanchli holat yanada kuchaydi. Sovet tuzumi va u bilan bog‘liq Markaz rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘onlar boshlanib ketdi. "Paxta ishi" deb atalgan mash’um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Markaz ko‘rsatmasiga ko‘ra "Paxta ishi" va "o‘zbeklar ishi" deb nomlangan tergovlar olib borildi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi ilg‘or paxtakorlar, davlat boshliqlari, umuman o‘ylab topilgan va bevosita “paxta ishi” bilan bog‘liq minglab kishilarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yuboradilar. Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladilar.
Markazdan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi ming-minglab rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlarga nisbatan turli aybnomalarni o‘ylab topdilar, qamash, ozolikdan mahrum qilish kabi hollar kuchaya boshladi. O‘zbekistonning mustaqillik sari tashlangan eng mubim qadamlardan biri esa O‘zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabr plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo paxta monokulturasi oqibatida respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, matbuotda paxta monokulturasi va ekologik holatga haqidagi mish mishlarni tugatish haqida edi.
Tarixiy adabiyotlarda qayd tilishicha 1989 yilgacha Respublikamizda mazkur ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlanadi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hisobga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib etdilar. O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga xatlar jo‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga ep ko‘rilmadi. Respublikada o‘ylab topilgan "Paxta ishlari"ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi. 1990 yilning iyun oyiga kelib, komissiya muhim bir xulosaga keldi. 1990 yil 13 iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi. Bu xatda