Marketingning asosiy tamoyillari. Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni. Marketingning vazifalari



Yüklə 59,24 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü59,24 Kb.
#205720
1   2   3   4   5   6   7   8
Marketing asoslari

4. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag‘batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali vositalarini asoslash; tovarni siljitish to‘g‘risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‘batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to‘liq o‘rganiladi.
5. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o‘zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.
6. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.



  1. Marketingning vazifalari

Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.

Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:



  • xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;

  • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;

  • to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish;

  • tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iborat.

Marketingni vazifalari quyidagi rasmda berilgandir.

Yüklə 59,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin