4. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag‘batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali vositalarini asoslash; tovarni siljitish to‘g‘risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‘batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to‘liq o‘rganiladi.
5. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o‘zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.
6. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy-texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.
Marketingning vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim: