Marketingning asosiy tamoyillari. Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni. Marketingning vazifalari



Yüklə 59,24 Kb.
səhifə7/8
tarix07.01.2024
ölçüsü59,24 Kb.
#205720
1   2   3   4   5   6   7   8
Marketing asoslari

Xulosalar:
Marketing faoliyati uchun quyidagi tamoyillar xosdir:

  1. Bozorni, iqtisodiy holatni va korxonaning ishlab chiqarish-sotish imkoniyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish;

  2. Bozorni segmentlash;

  3. Ishlab chiqarish va sotishning xaridor talablariga mos kelishi;

  4. Yangilik kiritish;

  5. Rejalashtirish.

Marketing funksiyalari quyidagilardan iborat: bozorni kompleks o‘rganish, korxonaning ishlab chiqarish, ayirboshlash imkoniyatlarini tahlil etish, marketing strategiyasi va dasturini ishlab chiqish, tovar siyosati, narx siyosati va ayirboshlash siyosatini ishlab chiqarish, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish, marketing xizmatlar tuzilmasini shakllanishi, marketing faoliyatini nazorat qilish.
Holatlarning har biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari mavjud.
1. Konversion marketing - salbiy talabni bosib o‘tishga yordam beradi, ya’ni yo‘q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi.
2. Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uyg‘otadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, tovarlar noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa o‘rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir.
3. Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
4. Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda
Yüklə 59,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin