Marketingning asosiy tamoyillari. Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni. Marketingning vazifalari


Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketing turlari



Yüklə 59,24 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü59,24 Kb.
#205720
1   2   3   4   5   6   7   8
Marketing asoslari

Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketing turlari

Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki talabga ta’sir ham qilishdir. Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini- bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, biror-bir bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz.



  1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko‘pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bo‘ladi. Marketing xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir.

  1. Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir.

  2. Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega bo‘ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.

  3. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda konyunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar yetkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu yerda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.

  4. Doimiy talab. K‘pchilik korxonalarda tovar yetkazib berish mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammoasini tug‘diradi. Masalan, jamoa transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan ziyod ko‘p bo‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifsi - o‘zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida, rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo‘yicha tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim.

  5. To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo tushumlaridan, foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi iste’molchilarning tovarni afzal o‘zgarishiga va raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitda tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi.

  6. Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talab darajasi talabni qondirish darajadan yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi - talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‘lini izlab topishdir. Bu vaziyatda narxlarni ko‘tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi - talabni butunlay yo‘q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat.

  7. Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan talabga qarshi harakat qilish, sog‘liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar o‘tkaziladi. Marketing vazifasi mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish, narxlarni ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni o‘z odatlaridan voz kechishga ishontirish.

Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‘xtalib o‘tdik. Mana shu holatlarning har biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda keltirilmoqda.



Yüklə 59,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin