Marketingni vazifalari
Marketingning bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir.
Korxonaning asosiy maqsadi
Maqsadlar
|
Ko‘rsatkichlar
|
Bozorni egallash
|
Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi bozorlarni qamrab olish
|
Rentabellik
|
Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini rentabelligi, umumiy kapitalning rentabelligi
|
Moliyaviy barqarorlik
|
Kreditga layoqatligi, likvidligi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi
|
Ijtimoiy maqsadlar
|
Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy himoya, ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish
|
Bozordagi pozitsiya va prestij
|
Mustaqilligi, imij, siyosiy sharoitga munosabati, jamiyatni tan olishi
|
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
bozorni egallash;
rentabellik;
moliyaviy barqarorlik;
ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;
bozordagi mavjud va prestijni tashkil etish.
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‘yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986-yilda marketingning 3 ta o‘zaro bog‘liq kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar.
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |