Marketing konsepsiyasini olib borish uchun marketing funksiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
marketing tadqiqotlari;
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida:xalqaro bozorni tahlil etish; sotish bozorini tadqiq etish; iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish; marketing operatsiyalarini o‘rganish; axborot to‘plash va qayta ishlash; marketing-miks kompleksini tadqiq qilish; raqobatlarni o‘rganish; benchmarketing; talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o‘rganiladi.
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste’molchilar, bozorning tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek, firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar-texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilishi, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat, hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
2. Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek, tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.
3. Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi.