19-chizma. Marketing subyektlari.
Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish,
moliyaviy, transport va aloqa,
ijtimoiy, intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori.
Ularning sifati o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni
standartlash qiyin.
G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari,
loyihalar, texnologiyalar,
patentlar, nou-xaular, ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va ularning
ierarxiyasini o’z ichiga oladi. g’oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini
huquqiy ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir.
Tashkilot marketingning obyekti sifatida tashkiliy
struktura va modellar
jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin.
Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida
alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki
firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi.
Hududlarga marketing obyektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo’jalik
qurilishlari, investitsiya obyekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq ma'noda
hududlar marketingi haqida gapirganda ko’chmanchilar, turistlar,
biznesmenlar
kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni
tushunish mumkin.
Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini,
shuningdek, madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot,
sport va boshqa
sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar.
Dostları ilə paylaş: