Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi shakllanib bormoqda. U nafaqat
bitta shaxsning, balki butun jamiyat extiyojlarini qondirishga qaratilgan. Korxona
foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlarining o’ziga xos muvofiqlashuvi va
o’zaro bog’lanishi sodir bo’ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy marketing bilan bog’liq bo’lgan, katta ijtimoiy
jamoalarning, davlat siyosatining muammolariga diqqatini qaratuvchi mega- marketing paydo bo’ldi.
Jamiyat hayotini axborotlashtirish kuchaygan sharoitda korxonaning xaridor
bilan bevosita munosabatda bo’lishi imkoniyati vujudga keladi. Ommaviy
marketingdan
alohidalashgan
marketingga
o’tish
kuzatiladi.
Shunday
yo’nalishlardan biri - munosabatlar marketingi (maksi-marketing)zamonaviy
telekommunikatsiyaviy vositalardan foydalangan holda iste'molchilar bilan
individual munosabatlarni iloji boricha mustahkamlashga yo’naltiriladi. Bu yerda
uzluksiz ravishda interaktiv kommunikatsiyalar yordamida olingan individual
iste'molchi haqidagi bilimlarni amalda tadbiq etish jarayoni boradi. Bu bilimlar
uzluksiz va uzoq muddatli o’zaro manfaatli aloqalarni ta'minlash maqsadida
mahsulotlar va xizmatlarni yaratish va siljitishga yordam beradi. Bunday
munosabatlarning xaridor uchun afzalliklari - aloqalarning samaradorligi, ishlab
chiqaruvchi uchun - foyda, ikkalasi uchun - tinchlik, kelajakka ishonch. qayd qilish
kerakki, individual marketing mehmonxonada lyuks xizmat ko’rsatishda, bank
ishida tobora ko’proq rivojlanmoqda, aniqrog’i, har qanday alohidalashgan tovar
bozorlarida qo’llanilishi mumkin. Zamonaviy marketing konsepsiyalarini chizma
ko’rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin:
Boshlang’ich nuqtasi Vositalar Bozordagi faoliyatning maqsadlari Xaridorlarning,
maqsadli
guruhlarning
ehtiyojlari, afzal
ko’rgan narsalari
Markеting
sohasidagi
tadqiqotlar
(markеting-miks)
Xaridorlar
ehtiyojlarini
barqaror qondirish evaziga
foyda olish