Marketingning mohiyati va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


 Marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi



Yüklə 260,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix13.04.2023
ölçüsü260,94 Kb.
#97199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1 мавзу MARKETINGNING MOHIYATI VA UNING RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI

3. Marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi 
Marketing konsepsiyalari tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining har xil 
bosqichlarida uning yo’nalishini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir. Shu 
bilan birga marketing konsepsiyasi deganda korxonaning, tashkilotning yoki 
kishining iste'molchilarga mo’ljallangan, integratsiyalangan maqsadli falsafasi 
tushuniladi. 
Marketing evolyutsiyasining birinchi yirik bosqichini XX asrning boshidan 
30-yillarning o’rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Bunda marketing 
tashkilotlar, korxonalar va shaxslar o’rtasidagi tovar va xizmatlar harakatining 
nazariyasi yoki mahsulotni sotish bo’yicha korxonaning funksiyasi deb tushunilardi. 
Shu vaqtda ketma-ket ikkita konsepsiya paydo bo’ldi: ishlab chiqarishni 
takomillashtirish va tovarni takomillashtirish. 
Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi o’z harakatini mahsulot 
ishlab chiqarish samaradorligiga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish 
maqsadida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning optimallashuviga qaratadi. 
Boshqa so’z bilan aytganda, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo’lgan 
tovarlarga nisbatan marhamatli bo’ladilar. Shunga ko’ra bu konsepsiya e'tiborining 
asosiy obyekti qilib ishlab chiqarishni takomillashtirish va taqsimot tizimining 
samaradorligani tanladi. Maqsadga erishishning etakchi vositalari sifatida ishlab 
chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirish tavsiya 


etilardi. 
Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi mahsulotning iste'molchilik 
xususiyatlarini oshirishga alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida 
iste'molchilar eng yuqori sifatli, eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega 
bo’lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo’ladilar, degan tushunchani ilgari suradilar. 
Asosiy diqqat e'tibor tovarga qaratiladi, shuning uchun ham marketing harakatlari 
tovar sifatiga, aniqrog’i uning modernizatsiyasiga qaratildi. 
30-yillarning 
o’rtalaridan 
80-yillarning 
o’rtalarigacha 
marketing 
rivojlanishining ikkinchi bosqichi davri bo’ldi. Bu davrda e'tibor sotishga, so’ngra 
esa iste'molchiga qaratiladi (tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi, 
marketingning umumiy konsepsiyasi, marketing-miks). 

Yüklə 260,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin