Marketing tamoyillari, funksiyalari va uning turlari
Marketing mohiyatini anglashda uning eng harakterli tomonlarini tushunib olish kerak: uning asosiy subyektlari, marketing munosabatlarining ishtirokchilari kim, marketing nimalar bilan ishlaydi, uning obyektlari qanday, u qanday vazifalarni hal qiladi va uning funksiyalari va tamoyillari nimalardan iborat? Marketingning asosiy subyektlari - ishlab chiqaruvchilar, marketing bo’yicha mutaxassislar, vositachilar va xilma-xil mahsulot va xizmatlarning iste'molchilari hisoblanadi (19-chizmaga qarang). Marketing obyektlariga moddiy tovar, xizmatlar, g’oyalar, tashkilotlar, hududlar va shaxslar kiradi. Marketing obyektlarini, odatda, "tovarlar" tushunchasiga birlashtiradilar. Moddiy tovarlar shaxsiy iste'mol tovarlariga, ishlab chiqarishga va davlat ijtimoiy maqsadlari uchun mo’ljallangan tovarlarga bo’linadi.Xizmatlar (uy-ro’zg’or, ishlab chiqarish, moliyaviy, transport va aloqa, ijtimoiy, intellektual) - marketing faoliyatining eng yaxshi rivojlanayotgan sektori. Ularning sifati o’zgaruvchan, chunki aniq bajaruvchiga bog’liq va ularni standartlash qiyin. G’oyalar rivojlanish va prognoz stsenariylari, loyihalar, texnologiyalar, patentlar, nou-xaular, ijtimoiy me'yorlar va an'analar, ehtiyojlar va ularning ierarxiyasini o’z ichiga oladi. g’oyalar marketingi mualliflik birinchiliklarini huquqiy ta'minotining rivojlanishiga uzviy bog’liqdir. Tashkilot marketingning obyekti sifatida tashkiliy struktura va modellar jihatidan ham, huquqlar, imtiyozlar va hokazo jihatidan ham qaralishi mumkin. Biznes muhitida va umuman jamiyat nazarida tashkilotning obro’izzati haqida alohida aytish kerak. Tashkilotning imiji, odatda, firmaning, tovarning belgisi yoki firmaning xizmat ko’rsatish belgisi bilan tavsiflanadi. Hududlarga marketing obyektlari sifatida uyjoy, dam olish joylari, xo’jalik qurilishlari, investitsiya obyekti sifatida er ham kiradi. Ancha kengroq ma'noda hududlar marketingi haqida gapirganda ko’chmanchilar, turistlar, biznesmenlar kategoriyasini umumiy holda belgilash, moliyaviy va boshqa resurslarni jalb etishni tushunish mumkin. Shaxs haqida gapirganda, avvalo, mehnat resurslari va ish joylari bozorini, shuningdek, madaniyat, san'at, siyosat, fan, ta'lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi buyuk shaxslar bozorini nazarda tutadilar. Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:
Maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash. Pirovard istе'molchi (individuum) Markеtingning asosiy sub'еktlari Ishlab chiqaruvchi Istе'molchi tashkilotlar Markеting bo’yicha mutaxssislar Chakana savdo Ulgurji savdo
4. hayot sifatini maksimal ko’tarish. Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy muhitning sifati. Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi. Marketingni qo’llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha ta'riflaydi: "Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar" Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Mashhurlikni oshirish.
2. Yuqori imijga erishish.
3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.
4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash. Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 5. Foydaning hajmi.
6. Sotilishlar hajmi.
7. Bozor ulushining oshishi.
8. Barqarorlikni ta'minlash.
9. Xarajatlarni kamaytirish.
10. Mehnat unumdorligi. Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib, biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash - bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida tanlashdan iborat". Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni haddan tashqari osonlashtiri3b yuboradi. Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:
1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash. 2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini tashkil etish.
3. Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini tartiblashtirish va rejalashtirish.
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va yo’naltirish. Marketing funksiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi: Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi. Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari o’rganiladi. Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo). Marketingning umumiy funksiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat. Analitik funksiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarish funksiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi. Sotish funksiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi. Boshqarish va nazorat funksiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi. Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:
• iste'molchiga yo’naltirilganlik;
• talabni prognozlash va shakllantirish;
• qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;
• qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni boshqarish;
• istiqbolga yo’naltirilganlik;
• dasturli maqsadli yondashuv. Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va shakllanishini belgilab beradi. 5. Marketing turlari. Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyati xususiyatlaridan, uning ichki imkoniyatlari va tashqi shartsharoitlaridan kelib chiqadi. Bu yerda marketing va boshqa hamma oraliq faoliyat turlarining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltiriladigan jarayonga birlashishi sodir bo’ladi, bu esa o’z navbatida turli xil marketing turlarining harakatlanishini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: |