Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o'rni Reja Kirish Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari. Marketing tamoyillari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingning tutgan o’rni



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə5/6
tarix05.05.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#107753
1   2   3   4   5   6
Marketing,uning vazifasi,qoidalari va bozor tizimidagi o\'rni2

Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingning tutgan o’rni.


Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda barqaror o‘sib borish, byudjet sohasi xodimlarining 35 ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorining muntazam qayta ko‘rib chiqilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa choratadbirlar, ayniqsa, oxirgi yillarda xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib borishini ta’minladi. Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng zarur iste’mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. Bugungi kunda mamlakatimiz korxonalarida marketing konsepsiyasini qo‘llashda avvalambor, iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondirish orqali foyda olishga, korxonaning bozordagi brendini yanada kuchaytirish, reklama faoliyati samaradorligini oshirish, mijozlarga nisbatan alohida yondoshuvni amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligiga erishishga alohida e’tibor qaratilmoqda5 . Marketing konsepsiyasiga yangicha yondoshish - bozorning strategik segmentidan tashkilotlarning potensial mijozlari yig‘indisidan - maqsadli guruhlar deb ataluvchilar bilan uzviy aloqalarga asoslanadi. Bozorni tatqiq qilish orqali iste’molchilarni bir xil guruhga ajratish va strategik segmentlarni aniqlab, mavjud va potensial mijozlar bilan keyingi aloqalarda korxonaning mavjud vositalarni tejaydi va yuqori natijaga erishishga imkoniyat beradi. Ma’lumki, marketing evolyusiyasida ishlab chiqarish, tovar, sotish, ijtimoiyaxloqiy, o‘zaro aloqa konsepsiyalari kabi bosqichlarni kuzatish mumkin. Iste’molchiga yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi – biznesga mo‘ljal olishni amalga oshirishdan iborat. G. Assel marketing konsepsiyasini rivoji ketma-ketligini quyidagicha ifodalagan: 1990 yillarda ishlab chiqarish konsepsiyasi, 1930 yillardan sotish konsepsiyasi, 1950 yillardan iste’mol konsepsiyasi, 1970 yillardan raqobat 5 Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 36 konsepsiyasi, 1980 yillardan hozirgi kungacha strategik marketing konsepsiyasi evolyusiyasi davom etmoqda. Korxonaning marketing konsepsiyasi - marketing kompleksini ishlab chiqish asosida hayotga tatbiq etiladi. Marketing usullari korxonalarda foyda olishga mo‘ljal shaklida qo‘llaniladi va yaqin vaqtlargacha marketing bu soha deb yuritilar edi. Hozirgi vaqtda marketingni qo‘llanilish sohasi ahamiyatli ravishda kengaydi va uni nodavlat, notijorat tashkilotlari faol ishlatilmoqda. Marketing sohasi bugun tijorat faoliyati bilan chegaralanib qolmay, balki ijtimoiy tashkilotlarda ham marketing tadqiqotlarini o‘tkazib bormoqda. Respublikamizda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda marketingni o‘rni kun sayin ortib bormoqda. Marketing nazariyasi va amaliyoti bozorni o‘rganish vositasi sifatida ko‘plab korxona va tashkilotlarda qo‘llaniladi. Evropa mamlakatlari va AQSH iqtisodiyotida band bo‘lgan jami aholining 25 - 33 foizi marketing faoliyati bilan bog‘liq. Rossiya korxonalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki, oxirgi yillarda ularning 70 foizdan ortig‘i marketolog mutaxassislarga muhtojdir. Marketing faoliyat sohasi sifatida, karera uchun qiziqarli va istiqbolli imkoniyatlarni keng tanlovini taklif etadi. Bular qatoriga sotuv, reklama, o‘rov dizayni, logistika, marketing tadqiqoti, tovar ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo ixtisosliklari kiradi. Marketing yangiliklari siyosiy, madaniy, ijtimoiy sohalarda muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. Marketing hozirgi to‘yingan bozor sharoitida iste’molchi nimalar hohlashini aniq bilmaydi. Muammo, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarni qondirishga qaratilgan muqobil yondashuvlarni va oqibatda taklif bilan to‘yinganlik sharoitlarida yangi marketing usullarini aniqlashdan iborat. Buning uchun yuzaga kelgan vaziyatda ehtimol tutilgan marketing usullarini aniqlash, funksional yondashuvlarning o‘zaro aloqalarini ko‘rsatish, qadriyatlar marketingi yondashuvidan foydalanish orqali muammolarning mavjud echimlarini tahlil qilish zarur. Bozorga tezroq kirib borish natijasida hozirgi paytda ustunlik qilayotgan marketingning bir qismi hisoblangan marketing innovatsiyalarini ham qayd etish 37 joizdir. XXI asr marketologlari marketing konsepsiyasini an’anaviy tamoyillari bilan chegaralanmagan yondoshuvni qo‘proq qabul qiladi. Shu o‘rinda marketing innovatsiyalaridan biri hisoblangan xolistik marketing konsepsiyasi alohida o‘ringa ega. Ushbu marketing konsepsiyasi o‘zaro bog‘liqlik va uning chora-tadbirlarini kengligini hamda jarayonlarini hisobga olgan holda rejalashtirish, marketing dasturini ishlab chiqish va tatbiq etishga asoslanadi. Xolistik marketing – marketing faoliyatida kengaytirilgan, integratsiyalashgan yondoshuv zarurligi muhim ekanligini ifodalaydi. SHunday qilib, xolistik marketing – marketing faoliyatini murakkabligi va turli xil imkoniyatlarni muvozanatlashtirish va tan olish bo‘yicha yondoshuvdir.
Munosabatlar marketingining tarkibiy o‘qini «mijoz bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish» (yoki Customer Relationship Management) tushunchasi ifodalaydi. CRM – axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing strategiyasi bo‘lib, keng ma’lumotlar to‘plami yaratish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi hamda kompaniyalarga shaxsiy yondoshuvga asoslangan o‘zaro manfaatli munosabatlar yaratish maqsadida mijozlar haqida axborot to‘plash va qayta ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi ommaviyligining o‘sishi 1990 yillar oxirida internet texnologiyalari paydo bo‘lishi bilan ta’minlangan. Xolistik marketingda, munosabatlar marketingining maqsadi – korxona va mijoz uchun o‘zaro manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Tahlil, mijozning (korxona, xaridor, iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi hamda ishonchli mijozlar va ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. Keyingi maqsad esa ushbu mijoz uchun tovar va xizmatlarni to‘g‘ri tanlashdan iborat. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, one-to-one marketing (yoki munosabatlar marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish, rivojlantirish va aynan unga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunda mijozni ehtiyojini qondirish uchun axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlaridan foydalaniladi. Integratsiyalashgan marketingda faol bozor sub’ektining vazifasi – iste’molchilar uchun to‘liq integratsiyalashgan marketing dasturini tuzish, siljitish va qadriyatlarni ko‘rsata bilishni hamda marketing chora–tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. 39 Kompaniyalarda talabni boshqarish, resurslarni boshqarish va sherik hamkorlar tarmoqlarini boshqarish tizimi integratsiyalashgan bo‘lishi lozim. Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi bo‘lgan ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning rahbariyati tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni ta’minlash muhim bo‘lib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni ta’minlashga tayyor bo‘lmasa, ularga a’lo darajagi xizmat ko‘rsatishni va’da berishning ma’nosi yo‘qdir. Ichki marketingda faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda mijozlarga ta’sir ko‘rsatishi zarur bo‘ladi. Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy javobgar marketingda ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu o‘rinda marketologlar korxonaning foyda olishini, iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni va jamiyat qiziqishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklikni topishi zarur bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy marketing iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida ayirboshlashga ijobiy ta’sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy marketingdan oldin ijtimoiy-axloqiy marketingi mavjud bo‘lgan bo‘lib, uning uchun birlamchi vazifa uzoq muddatli istiqbolda iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan iborat bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamoatchilik marketingi va ekologiya marketingi bo‘lib hisoblanadi.
5
Xulosa
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta'sir qilishning keng jabhalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun bo’lgan raqobat kurashining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo’llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta'bi to’g’risida axborotlar topib, korxona va tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, texnik va ijtimoiy yo’nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko’rilgan tadbirlar samaradorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga marketingli yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozordagi yuz beradigan jarayonlarni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni yetkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari va ular bilan bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi operativ va uzoq vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil qilishdir. Marketing xo’jalikning ma'lum bir tarmog’iga, masalan ishlab chiqarishga yoki savdoga ta'lluqli deb o’ylash noto’g’ri bo’lur edi. U bozorga xizmat ko’rsatuvchi barcha xo’jalik subyektlarini o’z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi uchun umumiy strategik yo’nalishi mavjud bo’lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi.



Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin