Marshalning narxlar va daromadlar nazariyasi. Neoklassik mikroiqtisodning asosi. Reja


A.Marshallning narxlar va daromadlar nazariyasi



Yüklə 90 Kb.
səhifə2/4
tarix14.10.2023
ölçüsü90 Kb.
#155438
1   2   3   4
Marshalning narxlar va daromadlar nazariyasi. Neoklassik mikroiqtisodning asosi.

A.Marshallning narxlar va daromadlar nazariyasi.
A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) yo'nalishning etakchi vakili, marjinalizmning «kembrij maktabi»lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o'qidi, uni tugadi va shu erda butun hayoti davomida o'qituvchilik qildi. U siyosiy iqtisod fanidan (1863 yildan to 1908 yilgacha) dars berdi. 1902 yildan boshlab yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall marjinalizm g'oyasini musbat ravishda (Jevonani bilmagan holda) aniqladi. «Ekonomiks prinsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asari bo'lib, olti jilddan iborat.
Bu kitob doim to'ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilgan (ruschaga - «Prinsip ekonomiki» tarjima qilingan). Kitob boshidayoq fanning predmeti to'g'risida fikr yuritiladi. Bu fan inson jamiyatining normal hayot faoliyatini tadqiq qilish bilan shug'ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlarning farovanlikning moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog'liq bo'lgan sohani o'rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelson bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» bo'lib, iqtisod yoki maksimizasiyani bildiradi. Unda ishlab chikarish Xajmlari optimal bo'lganda, sof foyda maksumumga erishuviga katta e'tibor qaratilgan.
Tadqiqot metodida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo'lib, ular yanada rivojlantiriladi. A.Marshall insonlarning iqtisodiy faoliyatini «sof» iqtisodiy nazariya pozisiyasida turib, xujalikning ideal (benazir) modelini, «mukammal raqobat» tufayli bo'lishi mumkin bo'lgan tadqiq etdi. Ammo birqancha iqtisodiyotning mo'tadilligi (muvozanati) bilan bog'liq marjinal g'oyalar orqali u bu fanni «xususiy» hol, ya'ni firma, soha (mikroekonomika) darajasida qaraydi. Bunday yondoshuv olim yaratgan «Kembrij maktabi» va X1X asr oxiri - XX asr boshidagi ko'pchilik neoklassiklar uchun xosdir. Ammo shuni aloxida ta'kidlash kerakki A. Marshall o'zida oldin o'tgan ortodoksal klassiklardan farqli ravishda, iqtisodiy kategoriya larni «Isbot» talab etuvchi u yoki bu asosiy chegaralanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Olim tadiqotlarida bozorda erkin baho shakllanish muammosi asosiy o'rinni egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifatida, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar chaqqan va bir-biri to'g'sida yaxshi ma'lumotga ega ded qaraladi.
Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritilada, talab va taklif chiziKlarining kesishganliging grafik (chizma) shaklidir. chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, ya'ni muvozanatli, mo'ta'dil baho o'rnatiladi.
Shu erda olimning tovar qimmatining mohiyati to'g'risidagi g'oyasi xarakterlidir.Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig'i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib, qaychining qog'oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig'i (lezviyasi) asosiy rolni o'ynaydi, deb savol beradi.



Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin