Marshrutizatsiyalash va uning variantlari, paketlarni filtrlash


Marshrutlash protokollari



Yüklə 107,56 Kb.
səhifə7/17
tarix19.12.2023
ölçüsü107,56 Kb.
#186634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Marshrutizatsiyalash va uning variantlari, paketlarni filtrlash-fayllar.org

2.3 Marshrutlash protokollari
Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi
tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida yechiladi.
Marshrutlash jadvalini tuzish bo'yicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin
qo'l yordamida tuzatish va qo'shish imkoni nazarda tutilgan.
Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar maxsus
xizmat protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi to'g„risida axborot
almashib turishadi. Bunday turdagi protokollar marshrutlash protokollari (yoki
marshrutlovchi protokollar) deyiladi. Marshrutlash protokollarini (Masalan RIP,





O’lcha
m
mm
m

varaq 

Hujjat:


Imzo 

Sana
varaq 


NDK va TU 60711400.
39sA-21TJA Kurs ishi 
OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP, IPX) farqlash kerak. Ikkalasi
ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi. Ularni paketni har
xil turdagi tarkibiy tarmoqmanzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin shu vaqtdan
birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yig„ib uzatishadi, ikkinchilari esa kanal
darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar axborotini uzatish uchun mo'ljallangan.
Marshrutlash protokollari tarmoq prtokollarini transport vositasi sifatida
ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yo'nalish axborotlari bilan
almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi paketlarining ma'lumotlar
maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni joylashtirish nuqtai
nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq
darajada deb qaralishi kerak.
Marshrutizatorlar paketlarning borishi to'g„risida qaror qilishi uchun manzil
jadvallariga murojaat qilishida, ularning ko'priklar va kommutatorlar bilan
o'xshashligini ko'rish mumkin. Ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining
tabiati juda farqqiladi. MACmanzillar o'rniga marshrutlash jadvalida intertarmoq
ulanadigan tarmoqraqami ko'rsatiladi. Marshrutlash jadvalining ko'priklar manzil
jadvalidan boshqa farqi bo'lib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Ko'prik jadvalini
qurish paytida, u orqali o'tayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga
yuborayotgan axborot kadrlarini passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar o'z
tashabbuskorligi
bilan
maxsus
xizmat
paketlari
bilan
almashadi
va
intertarmoqdagi
tarmoqlar,
marshrutizatorlar
va
ushbu
tarmoqlarning
marshrutizatorlar bilan aloqasi to'g„risida qo'shnilariga xabar beradi. Odatda,
aloqaning nafaqat topologiyasi hamda o'tkazish qobiliyati va xolati hisobga
olinadi. Bu marshrutizatorlarga tarmoq konfiguratsiyasining o'zgarishlariga
tezroqmoslashishga hamda, o'z holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni to'g„ri
uzatishga imkon beradi.
Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi
tavsilotli tarmoq aloqalarining xaritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida
tarmoqning har bir raqami uchun yo'nalish maqul bo'lishi maqsadida, ushbu
tarmoqqa yo'naltirilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorning qaysi biriga





O’lcha
m
mm
m

varaq 

Hujjat:


Imzo 

Sana
varaq 


NDK va TU 60711400.
39sA-21TJA Kurs ishi 
uzatilishi to'g„risida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari marshrutlash
jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi o'zgarganda jadvaldagi ayrim
yozuvlar bekor qilingan bo'lib qoladi. Bunday hollarda xatto yo'nalish bo'yicha
yuborilgan paketlar yo'lda to'xtab qolishi yoki yo'qolishi mumkin.
Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real
xolatiga moslashtira olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bog„liq bo'ladi.
Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari. Eng yaxshi
yo'nalishni tanlash usuli va o'z ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib
turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.
Ma'qul yo'nalish tanlashning yuqorida aytib o'tilgan misolida, boshlanish
tugunidan to oxirgi tugungacha bo'lgan marshrutizatorlarning butun ketma–
ketligiemas, faqat keyingi(yaqindagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu
yondoshishga muvofiq marshrutlash taqsimlangan sxema bo'yicha bajariladi, xar
bir marshrutizator yo'nalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun
yo'nalish esa, ushbu paket o'tgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib
chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi.
Bunga qarama– qarshiko'p qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan
(Source Routing) marshrutlash deyiladi. Bunga muvofiq, tugun – manbatarmoqqa
yuborilayotgan paketda, u orqali o'tadigan xamma oraliq marshrutizatorlari haqida
to'la yo'nalish berilgan. Ko'p qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash
jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning
o'tishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan to'ldiriladi, lekin bunda
oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun
taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qo'llaniladi. Lekin IP
protokolining yangi versiyasida klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda,
manbadan marshrutlashga xam ruxsat beriladi.
Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi
tavsilotli tarmoq aloqalarining xaritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida
tarmoqning har bir raqami uchun yo'nalish maqul bo'lishi maqsadida, ushbu
tarmoqqa yo'naltirilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorning qaysi biriga






Yüklə 107,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin