Ma’ruza – To‘plami (I-II kurslar uchun) Bilim sohasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə47/122
tarix21.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#188297
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122
Falsafa I-II kurs Majmua

Urug‘-qabila dinlari - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;

  • Millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik yahudiy millatiga xos), hinduiylik hindlarga xos), konfusiylik xitoy millatiga xos), sintoizm yaponlarga xos) kiradi;

  • Jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’inazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.

    Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik - yakkaxudolik yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik hinduiylik, konfusiylik) dinlariga bo‘linadi.
    13-MAVZU: MILLIY DINLAR.
    Reja

    1. Yahudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti;

    2. Yahudiylikdagi oqimlar;

    3. Muqaddas manbalari;

    4. Marosim va bayramlari;

    5. Yahudiylar O‘rta Osiyoda;

    6. Veda va veda dinlari: Vedalar; Braxmanlik; Hinduiylik.

    7. Konfusiylik;

    8. Daosizm.

    Tayanch so‘zlar


    Tora; Talmud; Pesax; Yom-Kipur; Singoga; Yahve; Rosh-Ashona; Ravvin; Galaxa; Isroil; Yahudo; Sionizm; Massonizm; Farziylar; Sadduqiylar; Yesseylar; Veda; Kasta; Braxman Dao; Konfusiy; Krishna


    I. YAHUDIYLIK
    Yahudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti. Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, birinchi bo‘lib yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening yer yuzidagi xalqlarning “eng mumtozi” va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.
    Bundan tashqari yahudiylikda messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta’limot ham keng o‘rin olgan. Unga ko‘ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to‘plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.
    Muso Tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:

    1. Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;

    2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;

    3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;

    4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;

    5. Ota-onani hurmat qilish;

    6. Nohaq odam o‘ldirmaslik;

    7. Zino qilmaslik;

    8. O‘g‘irlik qilmaslik;

    9. Yolg‘on guvohlik bermaslik;

    10. Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.


    Yüklə 2,02 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin