M IJOZ - SERVER TEXNOLOGIYASI . Mijozlar va serverlar. Internetda uzoqlashgan kompyuterlar
bilan ishlash uchun
mijoz/server texnologiyasi qo’llaniladi. Bunda
foydalanuvchi bevosita ishlayotgan kompyuter (ishchi
stantsiya)
mijoz , asosiy ma’lumotlar va resurslar joylashgan
uzoqlashgan kompyuter esa
server deb qaraladi. Bu texnologiyaga
tayanib, Internet resurslariga bemalol kirib, ulardan foydalanish
imkoniyati paydo bo’ldi. Bunday texnologiyani qo’llash juda oddiy.
Kerak bo’lgan ma’lumot yoki resursga kirish uchun klient programma
ishga tushiriladi va u kerakli ma’lumot va resurslarni aniqlashtiradi.
So’ngra bu programma kompyuter tarmog’i orqali resurs va
ma’lumotlarni boshqaruvchi server programma bilan bog’lanadi.
Mijoz va server orasidagi muloqotni qaydnomalar amalga
oshiradi. Mijoz programma mijoz va server uchun bir xil bo’lgan
amaliy programma qaydnomasiga o’tkazadi va uni uzatishni
ta’minlovchi qaydnomalar orqali serverga uzatadi. Server esa mijoz
so’rovini qabul qilib, mos qaydnoma orqali tegishli ma’lumot va
resurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz
kompyuterga jo’natadi. WWW bilan bog’liq bo’lgan savollar
tahlilida ham ko’pincha ikkita so’z
mijoz va
server ko’p ishlatiladi.
Mijoz server texnologiyasi WWW da ham keng foydalaniladi. Server
programmasi Internetning har bir xost kompyuterlaridan olingan
hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Umumiy holda foydalanuvchilarning bog’lanishi
quydagi rasmda keltirilganday bo’ladi va kommutatsiya
usuliga ko’ra bajariladigan vazifalari bilan farqlanadi.
6
3
4
5
8
2
7
1
E
A
G
С
В
D
F