Axborot
– bu saqlash, uzatish, o’zgartirish ob’ekti bo’lgan
ma’lumotdir.
Xabar
– axborotni uzoqqa uzatish uchun qulay ifodalash
(taqdim etish) shaklidir. Xabarning hajmi ko’rsatilgan barcha
axborot bilan aniqlanadi va gap telefon xabarlari yoki eshitirish
dasturlari haqida ketganida ko’pincha belgilar (xarflar yoki
raqamlar) soni yoki uni uzatish vaqti bilan baholanadi.
Telekommunikatsiya sohasiga nisbatan xabar – bu elektromagnit
signallari yordamida elektr aloqavositasida uzatiladigan axborotdir.
Axborot parametrlarining o’zgarishiga qarab
uzluksiz
va
diskret
xabarlarni farqlaydilar
Uzatiladigan xabarlarni ifodalovchi fizik jarayonlarni signal
deb ataladi.
Signallarni, belgilarni, matnlarni, tasvirlarni, tovushlarni
simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlar bo’yicha
uzatish yoki qabul qilish elektr aloqa deb ataladi.
Kompyuter tarmog’i – axborot uzatish liniyalari bilan
bog’langan ikki va undan ortiq kompyuterlardan tashkil topgan
bo’ladi. Axborot uzatish tezligi (kanalning o’tkazish qobiliyati) –
bir soniyada bit axborot miqdori (bit/s) va o’lchov birliklari
(kbit/s, Mbit/s, Gbit/s):
1 kbit/s = 1024 bit/s;
1 Mbit/s = 1024 Kbit/s;
1 Gbit/s = 1024 Mbit/s.
K
OMPYUTER TARMOQLARINING QURILISH TAMOILLARI
.
Kompyuter tarmoqlari ko’pgina belgilariga asosan tasniflanadi
(klassifikatsiyalanadi). Kompyuter tarmoqlarini tasniflashda asosiy
belgilari quyidagilardan iborat:
tarmoqning texnologik xususiyatlari;
tashkiliy mezonlari;
funktsional roli va tarmoq tarkibi.
Tarmoqning texnologik xususiyatlari nuqtai nazaridan tarmoq
quyidagi belgilarga tasniflanadi:
hududni qoplashi;
uzatish muhit turi;
topologiyasi;
kommutatsiya usuli;
paketlarni harakatlash usuli.
Protokol
– tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to’plami,
apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini
ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal
qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini,
xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi.
|